
Hasanxon Yahyo Abdulmajid
Hasanxon qori Yahyoxon o‘g‘li 1981-yilda Andijon shahrida tavallud topgan. Ilk diniy ta’limni otasi Yahyoxon domladan o‘rganib, 13 yoshida Qur’oni Karimni to‘la yod olgan. 2008–2012-yillarda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutida tahsil olgan. 2008–2015-yillar davomida fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlaridan ta’lim olib, bir necha ilmlardan ijoza olgan. 2013–2016-yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida hamda 2018–2020-yillarda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida qur’onshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha magistratura bosqichida o‘qidi. Hasanxon qori mehnat faoliyati mobaynida 2012–2014-yillarda Toshkent shahri Olmazor tumanidagi «To‘xtaboy» jome masjidi imom noibi, 2016–2019-yillarda Yashnobod tumanidagi «Islom ota» jome masjidi imom noibi, 2019-yili Olmazor tumanidagi «Ahmadjon qori» jome masjidi imom noibi, 2020-yildan Chilonzor tumanidagi «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» jome masjidi imom noibi lavozimida ishlagan, 2021-yili O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida qur’onshunoslik, hadisshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha stajyor-tadqiqotchi sifatida ishlagan. 2022-yildan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida qur’onshunoslik, hadisshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha doktorant bo‘lib ilmiy izlanish olib bormoqda.
