
YANGILIK
«OʻZLIKKA QAYTISH» TANLOVI GʻOLIBIGA UMRAGA YOʻLLANMA BERILDI!
Hamkorimiz tomonidan taqdim qilingan, tanlovning gʻolibi uchun tayyorlangan maxsus hadya — umra yoʻllanmasini ustozning oʻzlari gʻolibamizga topshirdilar.
😍 «Oʻzlikka qaytish» tanlovi gʻolibiga umraga yoʻllanma berildi!
Bugun Hasanxon va Husaynxon Yahyo Abdulmajid ustozlarning suhbatlari asosida tashkil qilingan «Oʻzlikka qaytish» nomli tanlovining mutlaq gʻolibi taqdirlandi.
Majlis «Hilol-nashr» nashriyotining bosh doʻkonida boʻlib oʻtdi. Hadyani topshirish uchun Qurʼoni Karim xodimi ustozHasanxon Yahyo Abdulmajid tashrif buyurdilar. Shuningdek, tanlov gʻolibasi va ularning oila aʼzolari, yaqinlari uchrashuvda hozir boʻlishdi.
✨ Avvalo ustoz tanlovdan koʻzlangan maqsad, bu kabi tanlovlarning foydasi va bugungi kunda zarur ekani haqida qimmatli maʼlumotlar bilan boʻlishdilar.
🎁 Shundan soʻng hamkorimiz tomonidan taqdim qilingan, tanlovning gʻolibi uchun tayyorlangan maxsus hadya — umra yoʻllanmasini ustozning oʻzlari gʻolibamizga topshirdilar.
Uchrashuv xayrli duolar bilan yakunlandi.
Alloh taolo gʻolibamizga umrani muborak qilsin! Muqaddas safardan onadan yangi tugʻilgandek gunohlardan pok boʻlib qaytishlarini nasib qilsin! 🤲