Hasanayn.uz

Suhbatlar

0:00:00
1:14:10

Ahli Qurʼonni eʼzozlash va ularga ozor bermaslik | 10-dars | Tibyan

Husaynxon Yahyo Abdulmajid18.06.2023

Mundarija: — Kirish. Avvalgi darsning qisqacha takrori — Uchinchi bob. Qurʼon ahlini hurmat qilish. Ularga ozor berish harom ekani haqidagi bob — Haj surasidagi «Kimki Allohning shiorlarini ulug‘lasa, bu qalblarning taqvosidandir» oyatining sharhi — Oyatdagi «shior»dan murod nima? — Oyatdagi «qalbning taqvosidandir» deganda nimani tushunamiz? — Taqvo qalbda bo‘ladi — Allohning shiorlarini hurmat qilish haqida misol. Bayroq — davlatning shiorlaridandir — Taʼzim qalbning amalidir — Qurʼoni Karim sohibi nima uchun eʼzozlanadi, unga taʼzim qilinadi? — Kim Qurʼonga sohib bo‘lsa, endi u avvalgi odam emas — Yuqoridagi oyatdan olinadigan foydalar va xulosa — Haj surasidagi «Kim Alloh harom qilgan narsalarga rioya qilsa, bas, bu Robbi huzurida uning o‘zi uchun yaxshidir» oyati sharhi — Alloh taolo Bishr Hofiy rohmatullohi alayhni o‘zining sevikli bandalaridan qildi. Nima uchun? — Alloh harom qilgan narsalarga rioya qilishga misollar — Ahli Qurʼonni ulug‘lash Allohni ulug‘lashdir — Imom Buxoriy rohmatullohi alayhning ulug‘likka yetishlarining asosiy sabablaridan biri u kishining qalblaridagi taqvosidir — Yuqoridagi oyatdan olinadigan foydalar va xulosa — Shuaro surasidagi «Qanotingni mo‘minlardan senga ergashganlarga pastlatgin» oyati sharhi — Rasululloh alayhissalomga ikki olamning sarvari bo‘la turib, mo‘minlarga o‘zlarini quyi tutishlari buyurilgan. Biz-chi? — Iymonda va Rasululloh alayhissalomga ergashishda eng komil inson ahli Qurʼondir — Biror odamga taʼzim qilayotganimizda qalbimizga qaraylik, nimasi uchun taʼzim qilyapmiz? Obro‘si uchunmi yo boshqa? — Ahzob surasidagi «Mo‘min-u mo‘minalarga ular qilmagan ishlarida ozor beradiganlar, bo‘xton va ochiq-oydin gunohni o‘zlariga yuklabdilar» oyati sharhi — Yuqoridagi oyatdan olinadigan foydalar va xulosa — «Soch-soqoli oqargan mo‘minni, Qurʼoni Karimda g‘uluvga ketmagan, unga jafo qilmagan, undan uzoqlashmagan Qurʼon homilini, adolatli hukmronni ikrom qilish Alloh taoloni ikrom qilish jumlasiga kiradi» hadisi sharhi — Soch-soqoli oqargan mo‘minni ikrom qilish deganda nimani tushunamiz? — Qurʼon homilini ikrom qilish deganda nimani tushunamiz? — Qurʼonda g‘uluvga ketish va Qurʼonga jafo qilmaslik nima degani? — Adolatli hukmronni ikrom qilish deganda nimani tushunamiz? — Ushbu hadisdan olinadigan yana bir nukta — Qurʼondan uzoqlashmaslik uchun tavsiyalar — «Qurʼondan yodlab, keyin uni unutish gunohning sababidan bo‘ladi» — «Kim Qurʼonni yodlasa-yu, keyin uni unutsa, Alloh taologa mohov tarzda yo‘liqadi» — Xotima