Hasanayn.uz

Suhbatlar

00:00
31:32

Allohning Nabiyni ﷺ o‘ziga do‘st tutgani haqida | 13-dars | Shifo

Husaynxon Yahyo Abdulmajid21.07.2023

Mundarija: — Kirish. Sakkizinchi fasl. Alloh taolo u zotga salavot aytgani, O‘ziga do‘st tutgani, u zot tufayli balo-ofatlarni ko‘tarishi haqida — «Modomiki, siz ularning ichida ekansiz, Alloh ularni azoblamas. Modomiki, ular istig‘for aytar ekanlar, Alloh ularni azoblovchimas» oyatining qisqacha sharhi — «Agar siz bilmaydigan mo‘min erkaklar va mo‘mina ayollar bo‘lmaganida, sizga bilmasdan ularni halok qilganingiz tufayli gunoh yetishi bo‘lmaganida edi...» oyatining qisqacha sharhi — «Alloh taolo mening ummatimga ikkita omonlikni tushirdi» hadisi sharhi — «Alloh taolo va farishtalar Nabiyga salavot aytadilar. Ey iymon keltirganlar, siz ham u zotga salavot ayting va salom yo‘llang» oyati sharhi — Salavot aytish baraka so‘rashdir — «Kaf. Ha. Ya. Ayn. Sod» oyatining qisqacha sharhi — «Agar ikkovingiz Allohga tavba qilsangiz, batahqiq, qalblaringiz (haqqa) moyil bo‘lur. Agar unga qarshi chiqsangiz, bas, albatta, Alloh uning yordamchisidir va Jabroil ham, solih mo‘minlar ham. Undan so‘ng farishtalar unga suyanchiqdir» oyatining qisqacha sharhi — Xotima