Hasanayn.uz

Suhbatlar

Muallimning tolibdagi haq va odoblari | 15-dars | Tibyan

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

0:00:00
1:22:42

Husaynxon Yahyo Abdulmajid27.08.2023

Mundarija: — Kirish. Avvalgi darslar takrori. Nosihlik haqida — Har bir ilm berayotgan ustozga vojib bo‘lgan sifatlar — Muallim tolibiga yashirin-u oshkor ishlarida o‘zini saqlashni o‘rgatishi lozim — Muallim tolibni ixlosga, sodiqlikga, har bir nafasida Allohni muroqaba qilishni o‘rgatsin — Muallim tolibga uning qalbi qachon maʼrifatlarga ochilishini o‘rgatsin — O‘rganuvchilarga ilm o‘rgatish o‘rgatuvchilarga farzi kifoya bo‘ladi — Keyingi fasl. Muallimning shogirdga nisbatan ixlosi (xayrixohligi) qanday bo‘lishi kerakligi haqida — Muallim tolibga dars berar paytida qalbini band qiladigan narsalardan forig‘ tutsin — Muallim har bir talabaga o‘ziga munosib tarzda dars bersin, yodlaganlarini so‘rab tursin — Muallim toliblaridan birining boshqalardan ajrab turadigan fazilati bo‘lsa, uni maqtab qo‘ysin — Keyingi fasl. Qoida: muallim dars berishda birinchi kelgan tolibga avval, keyingisiga undan keyin dars bersin — Varsh qiroatining paydo bo‘lish tarixi — Muallim biror tolibning niyati yaxshi emasligini bilsa ham unga taʼlim berishdan bosh tortmasin — Xulosa