Hasanayn.uz

Suhbatlar

0:00:00
1:18:11

Muhammadning ﷺ sifatlari | 5-dars | Shifo

Husaynxon Yahyo Abdulmajid19.06.2023

Mundarija: — Kirish. Avvalgi dars takrori — Nega Qurʼoni Karimni ummul kitab deydi? — Fotiha surasi bayoni. Suradagi «Bizni to‘g‘ri yo‘lga boshlagin, O‘zing neʼmat bergan zotlarning yo‘liga» oyati sharhi — Hidoyat nima? — Oyatdagi «to‘g‘ri yo‘l» degandan murod Muhammad alayhissalom — Baqara surasidagi «Kim tog‘utga kufr keltirib, Allohga iymon keltirsa, batahqiq, uzilmaydigan mustahkam tutqichni ushlagan bo‘ladi» oyati sharhi — Oyatdagi «mustahkam tutqich»dan murod Muhammad ﷺ — Ibrohim surasidagi «Agar Allohning neʼmatini sanasangiz, adog‘iga yetolmaysiz» oyati sharhi. Sahl ibn Abdulloh rohmatullohi alayhning qavllarida «Muhammadning ﷺ ortidan kelgan neʼmatlarni sanasangiz, adog‘iga yetolmaysiz» — Zumar surasidagi «Sodiq (so‘z)ni keltirgan va uni tasdiq qilgan esa, ana o‘shalar taqvodorlardir» oyati sharhi. Oyatdagi «sodiqlikni keltirgan»dan murod Muhammad ﷺ — Raʼd surasidagi «Allohning zikri ila qalblar orom olur» oyati sharhi. Oyatdagi «Allohning zikri»dan murod Muhammad ﷺ — Ikkinchi fasl. Alloh taoloning Nabiyni ﷺ guvoh deb sifatlagani haqida — Alloh taolo Muhammaddan ﷺ boshqa hech kimni rasul yo nabiy deb chaqirmagan — Nabiy nima degani? — Ahzob surasidagi «Ey Nabiy, albatta, Biz seni guvohlik, berguvchi, xushxabarchi va ogohlantiruvchi va O‘z izni ila Allohga daʼvat qilguvchi hamda nurli chiroq qilib yubordik» oyatlari sharhi — «Nabiy alayhissalom ummiylarga qo‘rg‘ondirlar» hadisi sharhi — Bandalik risolatdan oldin keladi — Alloh taolo Muhammad alayhissalomni mutavakkil deb nomlagani haqida — Ruh va qalb latif narsa, dag‘allikni qabul qilmaydi — Alloh taolo qiyshiq millatni to‘g‘rilamaguncha Muhammadning ﷺ jonini olmaydi, degan gapni qanday tushunamiz? — Alloh taolo tomonidan aytilgan Muhammadning ﷺ yana boshqa sifatlari — Muhammadning ﷺ aqllari hikmatdir — Alloh taoloning «Muhammadni ﷺ sodiq, rostgo‘y va vafodor tabiatli qildim», degan so‘zi haqida — Muhammadning ﷺ boshqa sifatlari — Daʼvat qiluvchilarga eslatma va xotima