Hasanayn.uz

Suhbatlar

0:00:00
1:05:58

Tolib ilm olishga haris bo‘lishi kerak | 19-dars | Tibyan

Husaynxon Yahyo Abdulmajid05.11.2023

Mundarija: — Kirish. Tolib ilmni hosil qilishga haris bo‘lishi kerak — Tolib ilm olishda bardavom bo‘lsin — Imkonii bo‘laturib oz bilan qanoatlanmasin — O‘ziga toqati yetmaydigan narsani yuklamasin — Tolib muallimining oldiga kelsa, muallim yo‘q bo‘lsa, uni kutib tursin — Tolib ustozning oldiga kelganda ustoz band bo‘lsa, oldiga kirishga izn so‘ramasin — Tolib bo‘sh payti bo‘ldi deguncha ilmni hosil qilishga qattiq tirishsin — Umar ibn Xattob roziyallohu anhu: «Rahbar bo‘lmay turib dinda faqih bo‘lib olinglar» — Imom Jazariy 80 yoshlarida ham 8 yoshlik tolibi ilmdek edilar — Abu Rayhon Beruniyning vafotlariga yaqin bo‘lgan voqea — Tolib muallimiga topshiradigan vazifasini kunning avvalida topshirishi ham odobdan sanaladi — Tolib darsdagi o‘z navbatini boshqaga bermasin — Varsh qiroati asos solinishiga sabab bo‘lgan ikki yigit haqida — Tolib sheriklari, umuman biror kishiga hasad qilmasin — Tolib Alloh bir birodariga xos qilib bergan narsadan g‘azablanmasin — O‘ziga o‘zi baho berish va hasadni ketkazishning yo‘li