
Husaynxon Yahyo Abdulmajid
Insonim Hasan
Mehribon do‘stim, akamjonim Hasan, Ham qarindosh, ham qadrdonim Hasan.
Xo‘p samimiy, beg‘ubor-u benazir, Sohibi xulqi hasan, jonim Hasan.
Aqli ilm-u ma’rifat oshuftasi, Fikri irfon, qalbi Qur’onim Hasan.
Jonima ko‘rsa musibat nayzasin, Turguchi yonimda qalqonim Hasan.
Ismidan zotiga nisbat onchakim, Muhsin-u hasson-u ehsonim Hasan.
Volidaynimdan tabarruk yodgor, Ustixonim, go‘shtim-u qonim Hasan.
Yo Ilohiy, ber unga umri fuzun, Ofiyat, izzat, sharaf-shonim Hasan.
To Hasan bo‘lmay Husayn topmas vujud, Ho-yu siyn-u nunim, insonim Hasan.