Hasanayn.uz

Suhbatlar

00:00
53:23

Qalblarida toyilishi bor kishilar kim? | 6-dars | Risalatul-Mustarshidiyn

Husaynxon Yahyo Abdulmajid19.02.2023

Mundarija: — Haqiqiy aql egalaridan bo‘lishni istasang, kitob-u sunnat va mujdahidlarning yo‘lini tutgin — Allohning kitobining zimmamizdagi farzi uning hukmiga amal qilishdir — Qur'oni Karimda kelgan va'id nima-yu, va'da nima? — Qur'oni Karimda kelgan muhkam va mutashobih oyatlar haqida — Qur'oni Karimda aytilgan, qalblarida toyilishi bor kishilar kimlar? — Qur'oni Karimdagi qissa va zarbulmasallardan ibrat olgin — Muso va Hizr alayhissalomning qissalaridan qanday ibratlar olamiz? — Qur'oni Karimda kelgan zarbulmasallardan qanday ibrat olamiz? — Ibrat olish deganda nimani tushunish kerak? — Qur'oni Karimning har bir oyatida yuzlab ma'nolar bor — Ilm va jaholat, nur va zalolat ta'rifi — Inson zimmasidagi Qur'oni Karimning farzini ado qilishi uning zulmatlardan nurga chiqishiga sabab bo‘ladi — Inson zimmasidagi Qur'oni Karimning farzini ado qilishi bilan shak azobidan yaqiyn rohatiga chiqadi — «Alloh iymon keltirganlarning valiysidir». Bir oyat sharhi — Allohni tushunish - Qur'oni Karimdagi Alloh taoloning maqsadni tushunish demakdir — Allohni tushunishga harakat qiladiganlar - aql egalari kimlar?