Hasanxon Yahyo Abdulmajid
«BIR JUFT TUHFA»
- Muallif
- HASANXON YAHYO ABDULMAJID
- Nashriyot
- HILOL-NASHR
- Hajmi
- 80 bet
- Yil
- 2021
- Muqovasi
- YUMSHOQ
- Alifbo
- KIRILL
ISBN 9789943703384
Kitobni sotib olish
HILOL-NASHRTavsif
الْحَمْدُ لِلَّهِ الَّذِي أَنْزَلَ عَلَى عَبْدِهِ الْكِتَابَ وَلَمْ يَجْعَلْ لَهُ عِوَجًا، وَالصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ عَلَى سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ المُصطَفَى وَعَلَى آلِهِ وَأَصْحَابِهِ وَمَنْ وَالَاهُ.
SO‘ZBOSHI
Bandasiga kitob nozil etgan va unda hech bir egrilik aylamagan Allohga hamdu sanolar bo‘lsin! Sayyidimiz Muhammad Mustafoga va u zotning olu asʼhoblariga, u zotni do‘st tutganlarga salotu salomlar bo‘lsin!
Yurtimiz Islom nuri bilan munavvar bo‘libdiki, xalqimiz Qur’oni Karimga o‘zgacha ixlos va muhabbat bilan munosabatda bo‘lib kelgan. O‘tgan asrda mustabid tuzum ostida hatto dinning barcha hukmlaridan mahrum qilinganda ham musulmon xalqimiz Qur’onini qalbu qo‘lida tutib qoldi. Xususan, bugungi kunda mamlakatimizda diniy erkinlik va ilm-ma’rifat yo‘lida olib borilayotgan islohotlar natijasida xalqimizning, ayniqsa, yoshlarning muqaddas Kalom ‒ Qur’oni Karimni yodlash, uni to‘g‘ri, ravon tilovat qilish, go‘zal ohangda tarannum etishga qiziqishi ortib borayotgani o‘zligimizga qaytish o‘laroq e’tiborga molik tarixiy jarayon desak, xato bo‘lmaydi. Xaridorga mutanosib ravishda takliflar ortib borganidek, tajvid ilmi borasida ham talaygina kitoblar nashr qilindi. Biroq, bu borada qilish lozim bo‘lgan ishlar yanada ko‘p.
Islomiy ilmlarning xususiyatlaridan biri shuki, bu ilmlar qalbga jo bo‘lishi bilan qadrli bo‘lgani bois, har bir ilmdagi eng muhim qodilarni yodlab olish an’anaga aylangan. Buni osonlashtirish maqsadida qadimdan olimlar har sohada yod olish uchun qulay bo‘lgan muxtasarlar yozishgan va nazmiy qasidalar yaratishgan. Jumladan, tajvid va qiroat ilmiga oid qasidalar juda ham ko‘p. Ular ichida eng mashhur va birlamchilari, hech shubhasiz, Muhammad ibn Jazariy rahmatullohi alayhning «Muqaddimatut-tajvid» kitobi hamda Imom Jamzuriy rahmatullohi alayhning «Tuhfatul-atfol» asari hisoblanadi.
Alloh taoloning fazlu inoyati bilan bu ikki asarni yodlab, ayrim tarjima va sharhlaridan boxabar bo‘lib kelgan edik. Keyinroq ushbu asarlarni Shom va Misrdagi ustozlardan o‘tkazib, mualliflarga tutash sanad orqali ijozalar olish ham muyassar bo‘ldi. Bugun esa ulug‘larimiz bitgan ushbu asarlarni o‘quvchilarga yetkazish borasida hozir siz guvohi bo‘lib turgan kamtarona xizmatga O‘zi muvaffaq etib turibdi. Bularning barchasi uchun Robbimizga hamdu shukrlar aytaman.
«Muqaddimatut-tajvid» kitobi Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi, «Tahfizul-Qur’on» kafedrasi mudiri Jahongir qori Ne’matov tarafidan, «Tuhfatul-atfol» esa ushbu dargohdagi mudarrislardan biri Jahongir Ubaydullayev tomonidan o‘zbek tilidagi sharhlari bilan nashr qilindi. Biroq, bu qo‘llanmalar aslida yodlanadigan matn bo‘lgani uchun ularni matn holida nashr qilish ham juda muhim sanaladi. Shuning uchun Islom olamida bu kabi matnlar turli ko‘rinishda va qayta-qayta nashr qilinaveradi. Ana shu e’tibordan, o‘zbek tolibi ilmlari uchun biroz bo‘lsa-da qulaylik yaratish maqsadida mazkur ikki nazm matnini o‘zbek tilidagi nazmiy tarjimasi bilan keng ommaga taqdim etishni davr talabi deb topib, qo‘lingizdagi ushbu kitobcha e’tiboringizga havola qilinmoqda. Umid qilamizki, bu boradagi ilmiy izlanish va nashrlar yana davom etadi.
Asarlarning matnlari olimlar tarafidan eng mo‘tabar sanalgan nashrlardan olindi. Bu borada tafsilotlar asarlarning muqaddimasida berilgan.
O‘zbek tilidagi nazmda imkon qadar matnni aynan berishga harakat qilindi va yodlashga qulay bo‘lishi uchun ixchamlik ustuvor tutildi. Biroq, nazm taqozosiga ko‘ra, so‘zlarni biroz tasarruf etishga ham to‘g‘ri keldi, shunda ham asosiy ma’no to‘liq saqlab qolindi. Har bir bayt o‘zbek tilidagi nazmda ham bir baytda ifoda topgan, faqat ayrim baytlar istisno ravishda ikki baytda tarjima qilindi.
Aytish lozimki, o‘zbekcha nazm ham asl matn kabi sharhga muhtoj. Biroq, ushbu nashrdan maqsad asosan matnlarni taqdim etish bo‘lgani uchun ularni sharhlashga kirishilmadi. Alloh nasib qilsa, kelajakda bu ishga O‘zi bizni muvaffaq etsa, ajab emas.
Asarlar mualliflari ko‘pchilikka hali ma’lum bo‘lmagani va qabul qilingan tartib yuzasidan har bir asarga kirishdan oldin muallif va asar xususida qisqacha ma’lumot berib o‘tish lozim topildi. Zero, muallifni tanish, uni yaxshi ko‘ra bilish asarni yodlashni osonlashtiruvchi eng muhim omillardan hisoblanadi.
Ushbu mashhur manzumalarning o‘zbek tilidagi nazmiy tarjimalari ahli Qur’onlarga shodlik keltirishi umidida «Bir juft tuhfa» deb nomalandi. Yaxshilik bo‘lsa, Robbimizdan, kamchiliklarni bandai ojizdan deb bilgaysiz.
Hasanxon Yahyo Abdulmajid 20.03.2021
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yildagi 03-07/2545-raqamli xulosasi asosida chop etildi.
MUNDARIJA:
So‘zboshi
«Muqaddimatut-tajvid» va uning nazmiy tarjimasi
Muallif haqida
Asar haqida
«Muqaddimatut-tajvid»ning nazmiy tarjimasi muallifining asar bo‘yicha ijozasi
«Muqaddimatul-jazariyya» matnidan olingan ijoza tarjimasi
Muqaddima
Harflarning maxrajlari bobi
Harflarning sifatlari bobi
Tajvid bobi
Ba’zi eslatmalar bobi
«Ro»lar bobi
«Lām»lar bobi va turli xil hukmlar
Dōd va z:ō bobi
Shaddali mӣm va nӯn hamda sukunli mӣm bobi
Tanvin va sokin nӯn bobi
Mad bobi
Vaqf va ibtidoni bilish bobi
Maqtu’ va mavsul bobi
«Ta»lar bobi
Bog‘lovchi hamza bobi
Xotima
«Tuhfatul-atfol» va uning nazmiy tarjimasi
Muallif haqida
Asar haqida
Nazmiy tarjima muallifining asar bo‘yicha ijozasi
«Tuhfatul-atfol» matnidan olingan ijoza tarjimasi
Muqaddima
Sukunli nӯn va tanvin qoidalari
Shaddali nӯn va mӣm qoidasi
Sukunli mӣm qoidasi
«Al» artikli va fe’ldagi lāmga oid hukmlar
Mislayn, mutaqoribayn va mutajonisayn haqida
Mad taqsimi
Mad hukmlari
Lozim madning taqsimi
Xotima
So‘ngso‘z o‘rnida










