Hasanayn.uz

Kitoblar

Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

«QUR’ONI KARIM QIROATLARI TO‘G‘RISIDA»

Muallif
HASANXON YAHYO ABDULMAJID
Nashriyot
ZILOL BULOQ
Hajmi
44 bet
Yil
2021
Muqovasi
YUMSHOQ
Alifbo
KIRILL

ISBN 9789943778009

Kitobni sotib olish

HILOL-NASHR

Tavsif

Qur’oni qiroatlari nima degani? Qur’on o‘zi bittami yoki bir nechtami? Nega Qur’ondagi ayrim so‘zlar ikki-uch xil o‘qiladi? Buning sabab va hikmati nimada? Yetti, o‘n qiroat nima degani? Bu va bu kabi savollar kitobxonlar o‘rtasida bo‘y ko‘rsatib qolgani hech kimga sir emas. Qo‘lingizdagi risola ushbu mavzuda o‘zbek tilida yozilgan ilk mustaqil asar bo‘lib, unda siz mazkur va boshqa ko‘plab savollarga javob topasiz.

Kitobning tili ravon, uslubi o‘quvchi uchun juda ham qulay. Undagi ma’lumotlar sizni befarq va manfaatsiz qoldirmaydi deb umid qilamiz. Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2021 yil 11 noyabrdagi 03-07/6920-sonli xulosasi asosida tayyorlandi.

MUNDARIJA:

Qur’oni Karim to‘g‘risida

Tarixga bir nazar

Qur’on va qiroatlar

Yetti va o‘n qiroat tushunchasi

Nima uchun qiroatlar o‘nta?

Hozir ham biror qiroat yaratish mumkinmi?

Qiroat, rivoyat, tariqa va harf

Nabiy alayhissalom mazkur qiroatlarning qaysi birida o‘qiganlar?

Qiroatlarning qay biri afzalroq?

Qiroat asoslari

Qiroat turlari

Mutavotir qiroatlarning hukmi

Mutavotir qiroatlarni bir-biriga aralashtirib o‘qish mumkinmi?

Qiroatlar xilma-xilligining hikmatlari

Xotima o‘rinda