Hasanayn.uz

She’rlar

Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

KETDIK, QUR’ON O‘QIYMIZ

Yozuvni kichraytirishYozuvni kattalashtirishMatnni nusxalashHavolani nusxalashSaqlash

KETDIK, QUR’ON O‘QIYMIZ

Rahmat, Mag‘firat oyi Oylarning yoqimtoyi Robbim fazliga boyi Qaysi oy? Ramazon

Alloh tushurgan kalom Mustafoga batamom Har so‘zi dilga orom Qaysi kitob? U Qur’on

Ramazonning bir tuni Qur’on tushgan shu kuni Rahmon maqtabdi uni Ismi nima? Qadr kecha

Nur to‘gidagi bir g‘or Unda turganda muxtor Qur’on tushgandi ilk bor Ismi nima? g‘ori Hiro

Farishtalar sardori Rasulimiz hamkori Qur’on keltirmoq kori Ismi nima? Jabroil

Qur’onimiz ilk so‘zi Jibril keltirgan o‘zi Barcha yaxshilik ko‘zi Qaysi so‘z u? Iqroku Qaysi so‘z u? O‘qigin

Ketdik Qur’on o‘qiymiz Salovatlar aytamiz Nabiyimiz sevamiz Unga mushtoq barchamiz

Robbim bizga rahm ayla! Rasul bilan jam ayla! Suhbatin karam ayla! Vaslinga mahram ayla!

Habibimga salomim U keltirmish Islomim Fidodir unga jonim Amiyn, amiyn Allohim!