
Husaynxon Yahyo Abdulmajid
KO'Z TEGSA, NIMA QILISH KERAK?
Kimga ko‘z tekkan bo‘lsa, tanasidan ko‘z ta’siri chiqadi. Hasad yetgan bo‘lsa, hasad ketadi. Sehr tekkan bo‘lsa, qayerda bo‘lmasin, qanday bo‘lmasin, daf bo‘ladi, inshoalloh
KO'Z TEGSA, NIMA QILISH KERAK?
Shaxsan o‘zim ko‘p kuzatgan, jumladan shu kunlarda juda ko‘p uchratayotganim bir muammoning muolajasi haqida ulamolarning tajribalaridan o‘qib qoldim va sizlarga ham ilindim:
Ibn Jibrin rahmatullohi alayh aytadi: «Kimga ko‘z tekkan bo‘lsa, ko‘zi tekkan odamni topa olmasa, uning biror nimasiga erisha olmasa (sunnatda unga tahorat qildirilib, suvidan bemorga ichiriladi va yuvintiriladi);
Kimga hasad yetgan bo‘lsa, ziyoni arimasa;
Kim sehrga chalingan bo‘lsa, sehri hech yechilmasa, quyidagilarni qilsin:
Bir katta idishda suv oladi. Unga shaxsan o‘zi quyidagi suralarni o‘qiydi:
Fotiha, 7 marta;
Baqaraning ilk 5 oyati, 7 marta;
Oyatul kursiy, 7 marta;
Kafirun surasi, 7 marta;
Ixlos surasi, 7 marta;
Falaq surasi, 7 marta;
Nas surasi, 7 marta.
Keyin ushbu suvdan qongancha ichadi va qolgani bilan cho‘miladi. Biror qatra qoldirmaydi.
Mana shu ishni uch kun davomida ertalab, tushda va kechqurun qiladi. Jami to‘qqiz marta bo‘ladi. Har safar yangi suv oladi. Bu amalni bajarar ekan, foyda yetkazuvchi ham, zarar yetkazuvchi ham, shifo berguvchi ham yolg‘iz Alloh ekanini e’tiqodida saqlaydi.
Kimga ko‘z tekkan bo‘lsa, tanasidan ko‘z ta’siri chiqadi. Hasad yetgan bo‘lsa, hasad ketadi. Sehr tekkan bo‘lsa, qayerda bo‘lmasin, qanday bo‘lmasin, daf bo‘ladi, inshoalloh»