
Husaynxon Yahyo Abdulmajid
SUKUTNING FOYDALARI
Bir kishi hakimdan: «Qachon gapiray?» deb so‘radi. Hakim: «Nafsing gapirishni istamaganda», dedi. «Qachon gapirmay?» deb so‘radi. «Nafsing gapirishni istaganda», dedi hakim.
SUKUTNING FOYDALARI
- mashaqqatsiz ibodat;
- taqinchoqsiz ziynat;
- saltanatsiz haybat;
- devorsiz qo‘rg‘on;
- uzrdan ozodlik;
- kotib farishtalarga istirohat;
- gunohdan omonlik;
- pushaymondan salomatlik;
- qalbu aql uchun rohat va mashg‘ulot imkoniyati;
- ilmsizlik aybini to‘sib turuvchi parda.
Hozirgi kunda avj olib ketgan illatlardan biri kishining o‘zini bilimdon ko‘rsatishga yoki o‘zganing sha’nini pastlatishga bo‘lgan urunishi, o‘zining aqli yoki ilmi yetmagan narsalarga burun suqishidir. Bu kasallik aql va qalbdagi xastalikdandir. Bunday kishiga sukut tavsiya qilinadi. Shunda u yuqoridagi foydalarga erishadi, asosiysi johilligini oshkor qilmay, o‘z hurmatini saqlagan bo‘ladi.
Bir kishi hakimdan: «Qachon gapiray?» deb so‘radi. Hakim: «Nafsing gapirishni istamaganda», dedi. «Qachon gapirmay?» deb so‘radi. «Nafsing gapirishni istaganda», dedi hakim.