Hasanayn.uz

Maqolalar

Ro‘yxatga qaytish

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

PULGA SOTIB OLIB BO‘LMAYDIGAN NARSALAR

Pul bilan har narsa qilsa bo‘ladi deb biladiganlar pul uchun har narsa qiladiganlardir!


PULGA SOTIB OLIB BO‘LMAYDIGAN NARSALAR

Pulga yotoqso‘ri sotib olish mumkin, uyqu sotib olib bo‘lmaydi;

Pulga soat sotib olish mumkin, vaqt sotib olib bo‘lmaydi;

Pulga kitob va qalam daftar sotib olish mumkin, ilmu ma’rifat sotib olib bo‘lmaydi;

Pulga mansab sotib olish mumkin, izzat ehtirom sotib olib bo‘lmaydi;

Pulga shifoxonalar, dori darmonlar sotib olish mumkin, sog‘lik salomatlik, shifo sotib olib bo‘lmaydi;

Pulga yurak sotib olish mumkin, hayot sotib olib bo‘lmaydi;

Pulga gul va sovg‘alar sotib olish mumkin, muhabbat sotib olib bo‘lmaydi;

Pulga oshna og‘ayni sotib olish mumkin, samimiyat sotib olib bo‘lmaydi.

Ha, dunyoda mol puldan boshqa narsasi yo‘q «kambag‘allar» bor!

Pul bilan har narsa qilsa bo‘ladi deb biladiganlar pul uchun har narsa qiladiganlardir!