
Husaynxon Yahyo Abdulmajid
MANFAATLI VA MANFAATSIZ ILM
Xolis musulmon o‘zgadan oldin o‘zining ilmini sarhisob qilib oladi.
MANFAATLI VA MANFAATSIZ ILM
Islomda «foydali ilm», «foydasiz ilm» degan tushunchalar bor. Ilm har qanday insonda bor, birovda oz, birovda ko‘p. Musulmonlar shar’iy ilmlardan turlicha xabardorlar. Musulmon kishi o‘zidagi ilmning «foydali» yoki «foydasiz» ekanini, bilgani oxiratda uning foydasiga hujjat bo‘ladimi, zarariga hujjat bo‘ladimi, qanday bilishi mumkin?
Buning uchun kishi o‘ziga xolis va jiddiy nazar solsin. Agar u o‘qigan yoki eshitgan ilmiga amal qilmaguncha halovatsiz, beqaror bo‘laversa, amalga oshirmaguncha tinchimasa, uning olgan ilmi manffaatli va bu ilm oxiratda uning foydasiga hujjat bo‘ladi. Aksincha, o‘ziga yetgan ilmni shunchaki o‘qib yo tinglab qo‘yaversayu, amalga oshirmasdan ham o‘zini xotirjam his qilsa, demak bu ilm «manfaatsiz» va oxiratda uning ziyoniga hujjat bo‘ladigan ilm.
Buni har kim o‘zi hal qiladi! Xolis musulmon o‘zgadan oldin o‘zining ilmini sarhisob qilib oladi.