Hasanayn.uz

Maqolalar

Ro‘yxatga qaytish

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

MUTOYIBA

MUTOYIBA

Qachon o‘zini o‘ldirish joiz bo‘ladi?

Bir kishi o‘zini o‘zi o‘ldirmoqchi bo‘lib turgan edi, bir hakim inson ko‘rib qolib: «Nega o‘zingni o‘ldirmoqchisan?» deb so‘radi.

U: «Menda nihoyatda og‘ir oilaviy bir mushkul bor, boshim qotdi, yecha olmay jonim halak», dedi. Hakim: «Bo‘tam, o‘zini o‘ldirish joiz emas, og‘ir gunoh! Dunyoda nima mushkilot bo‘lsa, yechimi bor. Ayt-chi, nima mushkiloting bor, hal qilamiz, inshoalloh», dedi. U shunday dedi: «Men bir beva ayolga uylangandim. Uning bir qizi bor edi. Otam qizni yoqtirib qolib, unga uylandi. Natijada otam mening kuyovim, men uning qaynotasi bo‘lib qoldim! Ayolim tuqqach, bola otamga nabira bo‘ldi. Bola otamning xotinining ukasi bo‘lgani uchun menga tog‘a bo‘lib qoldi. Bolam mening tog‘am! Keyin otamning xotini ham tuqqan edi, bu bola mening ota bir ukam bo‘ldi. Shu bilan birga, xotinimning qizining bolasi bo‘lgani uchun nabiram ham edi. Xotinim nabiramning buvisi bo‘lgach, ukamning buvisi mening ham buvim sanalganidan xotinim menga ham buvi bo‘lib qoldi va men uning eri bo‘lganim uchun ukamning bobosiga, shuningdek, buvimning eriga aylandim. Endi men ukamning bobosi, bolamning jiyani, ayni paytda o‘zimning bobom, o‘zimning nabiramga aylanib qoldim!»

Shunda hakim: «Bo‘tam, Allohga tavakkal, o‘zingni o‘ldiraver», dedi.