Hasanayn.uz

Maqolalar

Ro‘yxatga qaytish

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

XOʻROZ

Musulmon ummati ham bugungi biz kuzatib, achinib turgan og‘ir ahvolga birdaniga tushib qolgan emas.... Binobarin, yechim asliyatga, ya’ni sof dinga, asil musulmonchilikka qaytishdadir.


Qishloqlardan birida bir xo‘roz har tong qichiqirib, bomdodga azon aytar va kishilarni ibodatga chorlar edi. Kunlardan bir kun bo‘ri kelib, xo‘rozga har tong uyqusini buzayotganini aytib, do‘q qildi va «Yana qichqirsang, patingni yulib tashlayman!» deya tahdid qildi. Bechora bunga ko‘ndi va ertasidan boshlab bomdod payti qichqirmay qo‘ydi. Oradan bir muddat o‘tib, bo‘ri yana keldi va avvalgidek tahdid qilar ekan, xo‘rozdan tovuqlarga o‘xshab «ku-ku»lashni talab qildi. Xo‘roz yana ko‘ndi, «ku-ku»lay boshladi. Oradan ko‘p o‘tmay, bo‘rining asil maqsadi oshkor bo‘ldi: «Ertaga tovuqlar kabi tuxum tug‘masang, seni yeyman!» dedi.

Shunda xo‘roz faryod solib yig‘ladi: «Ey voh! Koshki azon aytib o‘lib ketganimda edi!» Ammo endi kech edi.

Musulmon ummati ham bugungi biz kuzatib, achinib turgan og‘ir ahvolga birdaniga tushib qolgan emas.... Binobarin, yechim asliyatga, ya’ni sof dinga, asil musulmonchilikka qaytishdadir.