
Husaynxon Yahyo Abdulmajid
ASLIYAT
ASLIYAT
Vatan sevgisida ellar jamlanar, Milliylik tuyg‘usi to‘plar odamni. O‘zligin tuymagan ne millat anglar? Vatansizlar qaydan bilsin olamni?
Yurakka chizilmish vatan hududi, Milliylik ruh ichra aksin toparmish, O‘zligin unutmas inson vujudi, Asliga qaytganda taskin toparmish.