
Husaynxon Yahyo Abdulmajid
URUSHQOQ USTOZ
URUSHQOQ USTOZ
Ustoz shogirdiga bir kun sir ochdi, Ko‘nglidan «dur»larin beayov sochdi:
«Bo‘tam, sen ilmni shunchaki uqma, Bilmayin har yerga boshingni suqma.
Yov bilan urushdir ilmdan maqsad, Bellashib, yo‘q qilib, kermoqdir kelbat».
Shogird hayron qotdi, savol berdi to‘ng‘: «Dushmanlar bitsa-chi, ne qilamiz so‘ng?»
Ustoz javob qildi xotirjam, sokin: «Bir sir aytay, ko‘plar bilmasdi lokin.
Ilmimiz bo‘sh qolmas, turmagaymiz jim, Do‘stdan dushman yasab, qilamiz hujum!»