Hasanayn.uz

She’rlar

Ro‘yxatga qaytish

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

TARJIMA

TARJIMA

Dinga quvvatni faqat birlik berur, Qayda birlik bor, ular «millat» erur.

G‘arbga taqlid yo‘q qilur Sharq o‘zligin, Lozim o‘rganmaklari G‘arb neligin.

G‘arb kuchi changu rubobda yangramas, Besharm raqqosa raqsida emas.

Na sehrli lolayuz ruxsorida, Na yalang‘och tanda, na guftorida.

Na taraqqiy boisi bedinligi, Na rivoji harfining lotinligi.

Balki G‘arbning quvvatidir ilmu fan, Ilm nuridan quyoshi porlagan.

Tan ochish birla bilim bo‘lmas oson, Ilmu fanni to‘smagay salla-chopon.

Aqlu botinning sifotidur ilm, Bil, farangcha surat ermasdur bilim.