
Husaynxon Yahyo Abdulmajid
SENING
SENING
Sen yaratgan olamu inson go‘zal, Sen buyurgan har amal, iymon go‘zal, Sen yuborgan Mustafo, Qur’on go‘zal, Ruhlar ichra sunganing vijdon go‘zal, Bu go‘zalliklar jamolingdan Sening!
Har ishing, har so‘zu ahkoming buyuk, Ham jazoying, hamda in’oming buyuk, Qilganing insonga ikroming buyuk, Jannatingdek dini Isloming buyuk, Bu buyukliklar jalolingdan Sening!
Sen yaratmish ikki dunyoying tugal, Har sifoting, hamma asmoying tugal, Barcha manglaylarda imloying tugal, Dillar ichra urgan imzoying tugal, Bu tugalliklar kamolingdan Sening!