Hasanayn.uz

She’rlar

Ro‘yxatga qaytish

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

USTOZLAR

USTOZLAR

Assalom, ey rahnamo ustozlar, Dinu elga peshvo ustozlar, Jahl dardiga davo ustozlar, Bor bo‘linglar doimo, ustozlar.

Chun vujudga keldi Odam xilqati, Ilmiga bosh egdi Jibril millati, Ilm bermoq bo‘ldi, bas, Haq sunnati, Bu sifatlar sizda jo, ustozlar.

Tog‘ bera olmas ilm yukiga tob, Bir harf ta’limida tog‘dek savob, Tog‘cha tillo bersa, kim aylab hisob, Haqqingiz bo‘lmas ado, ustozlar.

Dunyaviy yo uxraviy bo‘lmas bilim, Naf’i bo‘lsa, bas, u rabboniy ilm, Benasibdir kimda yo‘q taqvo, hilm, Ilmsiz yo‘qdir ziyo, ustozlar.

Sayfi rabboniy qo‘lingizda qalam, O‘tga tushmas siz tomon yurgan qadam, Darsxona bu mahal baytul¬haram, Siz haramda muqtado, ustozlar.

Millat ustida haqingiz beqiyos, Er¬xotin, yaxshi¬yomonu, omu¬xos, Ikki olam baxti ilm ichra xolos, Sizga ta’zimlar bajo, ustozlar.

Bu ulug‘ bir rutba, ham mas’uliyat, Elga bermoq dohi(y)lar majburiyat, Fe’lu so‘zingiz bizingchun tarbiyat, Sizga bizdan iqtido, ustozlar.

Hizrni topdi ilm izlab Kalim, Ilm uchun himmat kerak, sabri azim, Chunki «favqo kulli zi ’ilmin ’alim», Bunda siz ibratnamo, ustozlar.

Vasfingiz so‘z birla hech bo‘lmas tamom, Sizni maqtar to abad Mo‘jiz Kalom, Bu magar bir ojizona ehtirom, Ummidim sizdan duo, ustozlar.