Hasanayn.uz

She’rlar

Ro‘yxatga qaytish

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

EY INSON!

EY INSON!

Avvaling bir tomchi haqir suv ekan, Oxiring bir siqim tuproqsan, inson, O‘rtada qanchadir go‘shtu suyaksan, Aytchi, takabburga bormi hech imkon?!

Umring yarmi, qara, uyquda o‘tar, Yoshlik g‘o‘rlik bilan, qarilik sho‘rlik, Besh o‘n yil orada chin yashash bo‘lar, Netib gunohlarda qilasan zo‘rlik?!

Dunyoga kelganding yolg‘iz va giryon, Vahshatli yolg‘izlik yana intizor, Odamlarga biroz bo‘lding yonma yon, Zulmu adovatga endi nima bor?!

Tor, qorong‘i joydan kelding dunyoga, Tor qorong‘i qabr yo‘lingda mahtal, Keng bo‘lgin, hayotda to‘lgin ziyoga, Yorug‘, keng olamda faqat shu afzal!