Hasanayn.uz

She’rlar

Ro‘yxatga qaytish

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

KIMMAN?

KIMMAN?

«Dining ne?» deb so‘rasang, o‘rtoq, Misoq dini dinimdir mening, Aslimdan gar qo‘yilsa so‘roq, Asli naslim Odamdir mening.

Surishtirsa millatim birov, Ibrohimning millatidanman, Jamoamdan berilsa so‘rov, Muhammadning ummatidanman.

Jannat mening asliy vatanim, Yer yuziga qilmishman safar, Tuproq bo‘lgan va bo‘lar tanim, Tuproq vatan iqomam magar.

«Vatan»ing deb chizmang menga yer, Dinim uchun qo‘ymangiz cheklov, Mayli, har kim nima desa der, Insonligim ololmas birov!

Din to‘fonmas, buloqdir zilol, Kuydirguvchi o‘t emas, nurdir, Ilm tig‘mas, malham bamisol, U tosh emas, bir nafis durdir.