Hasanayn.uz

She’rlar

Ro‘yxatga qaytish

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

IXTILOF

IXTILOF

Tinkalarni quritdi Ixtilofu nizolar, Nizoni yo‘q qilishga Yig‘ildi rahnamolar.

Bari bitta fikrga Yakdil ovoz berishdi, Ixtilofu nizoni Yo‘q qilishga kelishdi.

Faqat bitti ish qoldi Navbat keldi shu ishga, Ixtilofu nizoni Qandayin yo‘q qilishga.

Birov u, birov bu der, Avjga chiqdi tortishuv, Kelishmaslik fikrida Yakun topdi kelishuv.

Nega hayron bo‘lasiz? Ular ham emas ahmoq, Faqat har kim o‘zgadan O‘zin ko‘rar yaxshiroq!