Hasanayn.uz

She’rlar

Ro‘yxatga qaytish

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

ISLOH

ISLOH

Bilardim, har neni kuzatar Alloh, Farishtalar kotib, har yon qo‘riqchi. Odamlar ham tanqid qilardi har goh, Hatto ta’qibimda qancha ayg‘oqchi.

Ammo tuzalmadim, o‘zgarmadim, oh, Asl qilmishlarim bo‘lmadi kanda. Men faqat o‘zgardim va topdim isloh O‘zimga o‘zimni soqchi qo‘yganda.