Hasanayn.uz

She’rlar

Ro‘yxatga qaytish

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

TILIMDAN BIR TILIM

TILIMDAN BIR TILIM (Til boyligiga ishora)

Boshi qotgan, ko‘zi qotgan, yuzi qotganlar Dili qotgan, tili qotgan, o‘zi qotganlar.

Ko‘zi chiqqan, beli chiqqan, ishi chiqqanlar Tili chiqqan, qo‘li chiqqan, tishi chiqqanlar.

Ko‘zi uchgan, esi uchgan, tishi uchganlar Qoshi uchgan, o‘zi uchgan, so‘zi uchganlar.

Ishi kuygan, puli kuygan, dili kuyganlar Ichi kuygan, ko‘zi kuygan, tili kuyganlar.

Dili tushgan, yo‘li tushgan, puli tushganlar Ko‘zi tushgan, ishi tushgan, ichi tushganlar.

Dili ketgan, qo‘li ketgan, ola ketganlar O‘ta ketgan esi ketgan chola ketganlar.

Bu nechuk til, ne chuchuk til va ne o‘ksuk til, Uni asrang va avaylang buni uqqanlar!