Hasanayn.uz

She’rlar

Ro‘yxatga qaytish

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

YIGIRMA BIRINCHI ASRNING O‘N BESHINCHI YILI 8 MART

Yigirma birinchi asr o‘n beshinchi yili 8 mart

Keldi yopilur chog‘ing, o‘zligingni pinhon qil, Parchalab kishanlarni, makr elin parishon qil.

Maktab, anjuman borgil, tan emas, fikr ochgin, Ilmu din tig‘i birla jahl bag‘rini qon qil.

Ko‘cha-ko‘yda sarg‘aygan yuzlaring qilib gulgun, Sen ham ahlu avloding turmushin guliston qil.

Pok, afif vujudingni majruh etdi makkorlar, Bu yarangga insonlik malhamini darmon qil.

Seni ona deb bilmay, kim solar bozorlarga, Yuzlarin qaro aylab, fe’lidan pushaymon qil.

Oy yuzingni yov ko‘zlar zulmidan qutultirgil, Chiq qorong‘i xorlikdan, nur ichida javlon qil.

Sen qachon maorifning dargohiga yo‘l topsang, Iffating tutib, ko‘zga surmayi Sulaymon qil.