
Husaynxon Yahyo Abdulmajid
SULUK AHVOLI
SULUK AHVOLI
Suluk ahvolini, solik, yo‘la kirgondin so‘rgil, Agar g‘avvos bo‘lay desang, g‘ariq bo‘lgondin so‘rgil.
Tariqat sirrini so‘rma muhaddis yo mudarrisdan, Haqiqat ilmini Haqdan fuyuz olgondan so‘rgil
Bilolmas ahli zohir ahli botin bilgonin also, So‘rar bo‘lsang oni, Haqni yaqin bilgondin so‘rgil.
Bu bir ilmi ladun, bilgon demas, gar desa, ul bilmas, Oni vaslini, vosil, vaslig‘a yetgondan so‘rgir.
Talab qil vaslini, Tolibki, bir kun yetmog‘ing bordur, Talabni san talab dashtida chust yurgondan so‘rgil.