Hasanayn.uz

She’rlar

Ro‘yxatga qaytish

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

SUXANDON SHUHRAT QAYUMNI XOTIRLAB...

MARHUM SUXANDON SHUHRAT QAYUMNI XOTIRLAB...

Botinin zohirdan ko‘p go‘zal tutgan, Tashini ko‘p, ichin ozchilik ko‘rgan, Oxiri zohirin botini yenggan, Notiqi davrondan ayrildik, do‘stlar.

Qalbida jo‘sh urib ixlosu iymon, Asli fitratiga talpinib har on, O‘zligin topishga ulgurolgan jon, Sohibi irfondan ayrildik, do‘stlar.

Ilmu Qur’on ahlin do‘st tutar edi, Haqni qayda ko‘rsa, yuz tutar edi, Tabassum baxsh etib, dard yutar edi, Xolis musulmondan ayrildik, do‘stlar.

Payg‘ambar oshig‘i, sog‘inchdan kuygan, Qalbiga muhabbat naqshlar o‘ygan, So‘zlasa, ko‘ngillar ezgulik tuygan, Mohir suxandondan ayrildik, do‘stlar.

Ilohiy, bandangni rahmat aylagil, Muhabbat qo‘yganin shafoatchi qil, Habibing kaftida ichsin salsabil, Ajib bir insondan ayrildik, do‘stlar.