Hasanayn.uz

She’rlar

Ro‘yxatga qaytish

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

ABDURRAHMON JOMIYNING G‘AZALIGA TARJIMA

ABDURRAHMON JOMIYNING G‘AZALIGA TARJIMA

Vah, qachon bo‘lg‘ay, yuzim Yasrib va Batho aylasam, Goh Makka, gah Madina manzilu jo aylasam.

Zamzam og‘zida turib dildan chekarman zamzama, Chashmaga bu qonsochar chashmimni daryo aylasam.

Voy, yuz ming voykim, ahvol budur shu kungacha, Endi yo‘q sabrim, desam bu kunni fardo aylasam.

Yo Rasululloh, meni yo‘llang o‘zingiz sorikim, Bor vujud bo‘lsin qadam, kipriklarim po aylasam.

Jannatul ma’voning orzusin dilimdan quvgamen, Jannatim ostonangiz xokini ma’vo aylasam.

Pok oyog‘ingizni o‘pmoqlikka joylanmish bu bosh, Yo poyingizga qo‘yay, yo boshni bejo aylasam.

Bandani ma’zur tuting, har damki sog‘inch o‘rtasa, Jomiydek har lahza sog‘inchnoma insho aylasam!

13.01.2018