Hasanayn.uz

She’rlar

Ro‘yxatga qaytish

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

YOLG‘ON!

YOLG‘ON!

Do‘stim, ko‘p rost deyib sezganing yolg‘on! Ko‘p rost qildim deyib qilganing yolg‘on!

Har muslim o‘rniga qo‘ymasang o‘zni, O‘zingni «muslim» deb aytganing yolg‘on!

O‘zganing dardini chekmay tanangda, O‘zgani tushundim deganing yolg‘on!

Dunyoni yolg‘on deb unga aldansang, Oxiratdan gap-so‘z sotganing yolg‘on!

Millat najotiga bir ish qilmasang, «Millatim!» deyib bong urganing yolg‘on!

G‘azab ko‘zgusidir asling ko‘rsatar, Boshqa payt o‘zingni ko‘rganing yolg‘on!

Birovning pok yuzin bulg‘agan holda Dilingni pok tuysang, tuyganing yolg‘on!

Bilganingga amal qilmasang jondan, «Bildim», deganingu bilganing yolg‘on!

Husayn, oxiratdir, bilsang, chin hayot, Dunyoda yurganing-turganing yolg‘on!

02.09.2014, Toshkent