
Husaynxon Yahyo Abdulmajid
BANDAMAN
BANDAMAN
Bu jahon ayvonida bir lahza mehmon bandaman, Gullarin sar-sar o‘rib ketgan guliston bandaman.
Bu hayot so‘qmoqlarida yo‘l yo‘qotdim bedarak, Benavo bechoralik dashtida sarson bandaman.
Ham yurak nomli qabrga sirlarin ko‘mgan tirik, Zohiri bo‘ston, vale botin go‘riston bandaman.
Siyna sandig‘ida cho‘g‘ dardlarni sirli saqlagan, Imtihonlar tiyg‘idan dil pora, hayron bandaman.
Ruhim istarsiz agar, zulm ichra zulmatdan so‘rang, Ashk — yog‘, kiprik — pilik, sham’i shabiston bandaman.
Lek hakim Robbimga shukr aylab qo‘yurman yerga bosh, Roziman, har ne qadar qilsa, musulmon bandaman.