Hasanayn.uz

She’rlar

Ro‘yxatga qaytish

Husaynxon Yahyo Abdulmajid

MARKETING

MARKETING

Reklama qo‘ydilar, emasdi eʼlon, Chumoli dorimi yoki jomadon.

Yotoq kiyimida chiqdi bir xotin, Tovarni ko‘z-ko‘zlar yoki o‘z tanin.

Do‘konga shoshildik, ishlar besh ekan, To‘qqiz ming to‘qqiz yuz to‘qson besh ekan.

Qaysidir mollarda chegirma bozor: Baʼzi – ellik foiz, saksongacha bor.

Matador matosin esladim shu on, Ayting-chi, bizlarmi yo ular hayvon?

Inson inson erur, emas maymundan, Lek ular maʼnaviy nasli Darvindan.

20.11.2025