
Hasanxon Yahyo Abdulmajid
ASOSIY MUAMMO
Yahudiylar Qur’ondagi yahudiylar, nasroniylar ham Qur’onda aytilgan nasroniylar. Faqat musulmonlargina Qur’onda ko‘rsatilgan musulmonlar emas.
ASOSIY MUAMMO
Yahudiylar Qur’ondagi yahudiylar, nasroniylar ham Qur’onda aytilgan nasroniylar. Faqat musulmonlargina Qur’onda ko‘rsatilgan musulmonlar emas.
Biz hali uni unday, hali buni bunday deb yozg‘iramiz, lekin o‘zimizchi? Hamma o‘z manfaatini o‘ylab va bilganicha yashamoqda, bu tabiiy hol. Hadeb ulardan o‘pkalamay, musulmon ham o‘z ishonchi va manfaati uchun yashashi kerak.
Muammoning og‘riqli nuqtasi shundaki, musulmonlar bugun musulmoncha yashash lozimligini ham unutayozganlar. Ko‘pchilik musulmonlar Islomga faqat ma’lum toifa, diniy olimlar amal qilishi kerak, qolganlari janozayu nikohni ado etsa bas, degan tushunchaga yetib borgan. Natijada bu oddiy hol bo‘lib qoldi. Aslida esa Allohga va Rasuliga iymon keltirgan har bir shaxs o‘z iymoni taqozosiga ko‘ra yashashga imkon boricha urinishi kerak. Har bir musulmon o‘zi turgan mavqeda dini uchun xizmat qilishi, Allohga itoatda bo‘lishi darkor. Mana shunda ular Qur’ondagi mo‘min-musulmonlar bo‘ladilar. Alloh mo‘minlar bilan birgadir.