Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

YAPONIYADA QUR’ON ANJUMANI

Kecha 2025 yil 9 fevral kuni Yaponiya poytaxti Tokioda Jahon tillari universitetida «Qur’on – chegaralar oshib» degan mavzuda xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjuman Qur’on tilovati bilan ochildi. Isro surasidan o‘qilgan oyatlar matni inglizcha tarjimasi bilan zaldagi katta ekranda uzatib turildi. Yaponlar uchun majlisni tilovat bilan ochish va oyatlarni ekranda berib turish yangilik bo‘ldi.


YAPONIYADA QUR’ON ANJUMANI

Kecha 2025 yil 9 fevral kuni Yaponiya poytaxti Tokioda Jahon tillari universitetida «Qur’on – chegaralar oshib» degan mavzuda xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Anjuman Qur’on tilovati bilan ochildi. Isro surasidan o‘qilgan oyatlar matni inglizcha tarjimasi bilan zaldagi katta ekranda uzatib turildi. Yaponlar uchun majlisni tilovat bilan ochish va oyatlarni ekranda berib turish yangilik bo‘ldi.

Anjumanda Qur’onga bog‘liq bir qator mavzularda ma’ruzalar o‘qildi. Amerikadan kelgan ma’ruzachilardan Doktor Selena Ibrohimning «Qur’on va konstruktiv ilohiyot» mavzusida qilgan suhbatida Amerikadagi muslimalarning faoliyati haqida ma’lumot berar ekan, muslimalar femenizm harakatlariga muhtoj emasliklari, ushbu tushuncha asosida G‘arbda targ‘ib qilinayotgan qarashlar ularning qadriyatalari va e’tiqodlariga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlab o‘tdi. Unga ko‘ra, sof Islom ta’limotida berilgan huquq va martaba ayollar uchun har jihatdan yetarli hamda ularning fitratlariga munosibdir.

Qur’oni karimni yapon tiliga tarjima qilgan olimlardan Doktor Makoto Mizutanining «Yaponiyada Qur’on tendensiyalari: oldingi tadqiqotlar va mening vazifam» sarlavhasi ostida qilgan ma’ruzasi, yosh yapon olimlaridan Doktor Honiy Abdulhodiyning «Paradigma o‘zgarishi: Yapon an’anaviy qadriyatlaridan Qur’on dunyoqarashiga» mavzusida taqdim egan ma’ruzasi tinglovchilarda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Doktor Makoto diniy atamalarni yapon tiliga tarjima qilishda buddaviylik tushunchalariga yo‘g‘rilgan so‘zlardan qochib, sof qur’oniy ma’nonini ifoda qilgan kalimalarni qanday tanlagani haqida so‘z yuritdi. Doktor Abdulhodiy esa yapon xalqining diniy e’tiqodi va uning asoslarini ilmiy tahlil qilib, ularning ilohiy tayanch, ilmu aqlga suyanmaganini yoritar ekan, bugungi yapon jamiyatidagi mavjud muammolarni hal qilishda ular uchun har jihatdan eng munosib yechim Islom dini ekani borasida ilmiy qarashlarini bayon qildi. U Islomning aql va aniq asoslarga ega ekani bilan zamonaviy tafakkurga muvofiq kelishini ta’kidladi.

Kamina «Markaziy Osiyoda Qur’on ta’limi: o‘tmish va bugun» mavzusida ma’ruza qildim. Unda yurtimizdan yetishib chiqqan qiroat ustozlari, boshqa ilmlarda mutaxassis bo‘lgan olimu fuzalolar, amiru umarolarning Qur’on ilmidagi darajalari haqida so‘z yuritildi. O‘zbekistonning yaqin tarixi bilan tanish bo‘lgan yapon olimlarini sobiq ittifoq paytida Qur’on qanday saqlab qolingani ko‘proq qiziqtirdi. Ular ushbu davrda yurtimizdagi ulamolar va ustozlarning millat o‘zligini, dinini saqlash borasida qilgan mehnatlaridan hayratga tushishdi. Bu borada alohida tadqiqotlar olib borish kerakligini ta’kidlab o‘tishdi.

Doktor Makoto har jihatdan o‘zimizdagi uyg‘ur domlalarga o‘xshar ekan. Jamiyadagi vaziyatdan kelib chiqib, Yaponiyada hukumat tarafidan 2011 yilda «Diniy qadryatlarni qayta jonlantirish» hay’ati tuzilgan bo‘lib, Doktor Makoto ushbu muassasada musulmonlardan vakil sifatida tayinlangan ekan. U kishi o‘z suhabati asnosida yapon xalqi hali Qur’onning sir-sinoatlariga yetib bormagani, jumladan, Qur’onni tajvid va tarannum bilan tilovat qilish haqida tasavvurga ega emasligini eslab o‘tdi. U kishi o‘zi tayyorlagan Qur’on tarjimasi nusxasidan dastixati bilan kaminaga hadya qildi.

Anjuman ko‘pchilikda yaxshi taassurotlar qoldirdi. Men uchun yangi tanishlar orttirish imkoni va yaxshi bir tajriba bo‘ldi.