
Hasanxon Yahyo Abdulmajid
TUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAK
Har yili Ramazon hiloli masalasida musulmon ummati tashvishi yangilanadi. Sababi ilmsizlik.
TUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAK
Har yili Ramazon hiloli masalasida musulmon ummati tashvishi yangilanadi. Sababi ilmsizlik.
Juda ko‘p odam ertaga ro‘za tutish masalasida savol bermoqda. Xalqimiz tashvishini ko‘rib, ushbu postni e’lon qilishni lozim topdim.
Azizlar, dunyoda Saudiyadan boshqa mamlakatlarda ham oy kuzatilgan va ko‘p joylarda hilol ko‘rinmagan.
Tuyg‘uga ko‘ra, qiblamiz bugungi Saudiya mamlakati tasarrufida bo‘lgani uchun biz ularga ko‘proq quloq solamiz. Ammo bu ilm bilan yondashuv emas. Vaqt ziqligi uchun hozircha gapni qisqa qilaman. Bilib bilmay raddiya yozib yurmang, vaqti bilan masalani yoritaman, inshoolloh.
Biz yurtimiz ulamolari fatvosi va boshqa ko‘plab musulmon ulamolar hay’atining so‘ziga ko‘ra, payshanbadan ro‘za tutamiz.
Kirib kelayotgan Ramazon muborak bo‘lsin!