
Hasanxon Yahyo Abdulmajid
TASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUO
TASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUO
روى الشيخ الكفعمي في كتاب البلد الامين دعاء عن الامام زين العابدين، وقال: روى عنه هذا الدّعاء مقاتل بن سليمان، وقال: مَنْ دعا به مائة مرّة فلم يجب له فليلعن مقاتلاً، والدّعاء هو:
اِلـهي كَيْفَ اَدْعُوكَ واَنَا اَنَا وَكَيْفَ اَقْطَعُ رَجائي مِنْكَ واَنْتَ اَنْتَ،
اِلـهي اِذا لَمْ اَسْاَلْكَ فَتُعْطيني فَمَنْ ذَا الَّذي اَسْأَلُهُ فَيُعْطيني،
اِلـهي اِذا لَمْ اَدْعُكَ فَتَسْتَجيبَ لي فَمَنْ ذَا الَّذي اَدْعُوهُ فَيَسْتَجيبَ لي،
اِلـهي اِذا لَمْ اَتَضرَّعْ اِلَيْكَ فَتَرْحَمْني فَمَنْ ذَا الَّذي اَتَضرَّعُ اِلَيْهِ فَيَرْحَمُني،
اِلـهي فَكَما فَلَقْتَ الْبَحْرَ لِمُوسى عَلَيْهِ السَّلامُ وَنَجَّيْتَهُ اَسْاَلُكَ اَنْ تُصَلِّيَ عَلى مُحَمَّد وَآلِهِ واَنْ تُنَجِّيَني مِمّا اَنَا فيهِ وَتُفَرِّجَ عَنّي فَرَجاً عاجِلاً غَيْرَ آجِل بِفَضْلِكَ وَرَحْمَتِكَ يا اَرْحَمَ الرّاحِمينَ
Duoning ko‘plik siyg‘adagisi:
"اِلهي فَكَما فَلَقْتَ الْبَحْرَ لِمُوسى عَلَيْهِ السَّلامُ وَنَجَّيْتَهُ نَسْاَلُكَ اَنْ تُصَلِّيَ عَلى مُحَمَّد وَآلِهِ واَنْ تُنَجِّيَنا مِمّا نحن فيهِ وَتُفَرِّجَ عَنّا فَرَجاً عاجِلاً غَيْرَ آجِل بِفَضْلِكَ وَرَحْمَتِكَ، يا اَرْحَمَ الرّاحِمينَ
Shayx Kaf’amiy imom Zanulobidindan bir duo naql qilgan. Bu duoni u kishidan Muqotil ibn Sulaymon ham rivoyat qilgan va: «Kim bu duoni yuz marta qilsayu, ijobat bo‘lmasa, Muqotilni la’natlaversin», degan. Duo quyidagicha:
«Ilohiy, men men bo‘lib (shu turishimda) qanday qilib Senga duo qilay va Sen Sen bo‘la turib, qanday qilib Sendan umid uzay?!
Ilohiy, agar Sendan so‘ramasam, Sen menga bermasang, men kimdan so‘raymanu kim menga ato etadi?!
Ilohiy, agar Senga duo qilmasam, Sen menga ijobat qilmasang, kimga duo qilamanu, kim menga ijobat qiladi?!
Ilohiy, agar Senga tazarru’ qilmasam, Sen menga rahm qilmasang, kimga tazarru’ qilamanu, kim menga rahm qiladi?!
Ilohiy, Muso alayhissallomga dengizni yorib, unga najot berganing kabi Muhammad alayhissallom va u zotning ahli oilalariga salovot yo‘llashingni va meni hozirgi holimdan qutqarishingni hamda fazlu rahmating bilan menga kechiktirmasdan tez kushoyish berishingni so‘rayman».
Duoning ko‘plik siyg‘asi:
Ilohiy, Muso alayhissallomga dengizni yorib, unga najot berganing kabi Muhammad alayhissallom va u zotning ahli oilalariga salovot yo‘llashingni va bizni hozirgi holimizdan quqtarishingni hamda fazlu rahmating bilan bizga kechiktirmasdan tez kushoyish berishingni so‘raymiz”.
Hozir ham duoga muhtojmiz, hamma eshiklar yopilganda ham Alloh taoloning dargohi ochiq. Borliqda Uning irodasidan tashqari ish yo‘q. Uning irodasi barcha xohishlardan ustun. U Zot duolarni ijobat qiladi.
Sabablar bilan bo‘lib duo unutilmaydi, duo bilan cheklanib sabablarga beparvo bo‘linmaydi. Barcha ishlarda sabablarni ishga solish bilan birga yolg‘iz Alloh taologa suyanaylik, Unga yolvoraylik, Undan so‘raylik, albatta ijobat bo‘ladi. Duo odoblariga rioya qilgan holda iltijoda bo‘laylik.
Ulamolar aytishicha, ushbu duoning ijobati tajribada ko‘p ko‘rilgan. Yuzlab, minglab kishilar bu duoning fazilatini o‘z hayotida ko‘rgan.