
Hasanxon Yahyo Abdulmajid
ZAMONAVIY XATOLAR
Aslida zamon juda nisbiy tushuncha. Biroq har bir zamonning xususiyatlari bo‘lishi bor gap. Hozirgi zamonning ham o‘ziga xosliklari ko‘p. Biz hozir yutuqlari emas, kamchilik jihatiga e’tibor qaratmoqchimiz. Aniqrog‘i, bugungi jamiyatlarning ko‘pchiligida bor ikki xato haqida to‘xtalmoqchiman.
ZAMONAVIY XATOLAR
Aslida zamon juda nisbiy tushuncha. Biroq har bir zamonning xususiyatlari bo‘lishi bor gap. Hozirgi zamonning ham o‘ziga xosliklari ko‘p. Biz hozir yutuqlari emas, kamchilik jihatiga e’tibor qaratmoqchimiz. Aniqrog‘i, bugungi jamiyatlarning ko‘pchiligida bor ikki xato haqida to‘xtalmoqchiman.
Hozirgi ko‘plab muammolarning ildizi zamona tafakkuridagi ikkita katta xatoga borib taqaladi:
- Insonning xohish va xayolini butkul ijobiy baholash. Inson qadri degan taomilni suistemol qilish oqibatida shakllangan bu xato an’anaviy qarashlardagi nafs va shayton tushuncha odamlarning zehnidan siqib chiqarmoqda. Ko‘pchilik barcha xohishlarini imkon qadar oqlash va qondirish payiga tushgan. Buning ustiga, xayoliga kelgan fikrlarga shayton aralashishi mumkinligini ham o‘ylamay qo‘yildi. Bu esa inson haqiqatiga zid yondashuvdir. Buning oqibatida insonlar istalgan yomonlikni, fahshu buzuqlikni hali erkinlik degan vaj bilan, hali zamonaviylik degan soxtakorlik bilan xaspo‘shlashga o‘tdi. Aslida esa, Yaratgan Zot ta’kidlaganidek, insonga yaxshilik ham, yomonlik ham ilhom qilingan va shayton unga yomon ishlarni chiroyli ko‘rsatishga urinadi. Afsuski, bugun insoniyat mana shu ilohiy ogohlantiruvlarga parvosiz bo‘libgina qolmay, mana shu g‘ofillikni turli atamalarni bilan dastaklashda musobaqalashmoqda.
Shunisi xatarliki, nafsning yomon xohishlari zamon talabi yoki hayotiy zaruratdek, shaytonning vasvasalari ilmiy haqiqatdek namoyon bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda rabboniy ulamolargina bizga yordam bera oladi. Busiz najot yo‘q.
- Moddaparastlik. Inson modddiy va ma’naviy borliqdan tarkib topgan. Bugun bashariyat moddiyatga har qachongidan ham mukkasidan ketdi. Ozuqasida ham, davosida ham, ilmu fanida ham, munosabatlarida ham moddiyatga bog‘lanib, ma’naviyatini unitayozmoqda. Aslida borliqda nomoddiy narsalar mavjudligi inkor qilib bo‘lmas haqiqat. Uni o‘rganishning o‘ziga xos ilmiy uslubiyati ham bor. Buyuk ajdodlarimiz aynan moddiy va ma’naviy hayot o‘rtasida muvozanatni saqlash bilan dunyoda peshqadam bo‘lganlar. Biroq bugun hamma narsani sano’atchilardan olishga ko‘nikkan xalqlar va kishilar bu o‘zlikdan tobora uzoqlashib bormoqda.
Shunisi aniqki, inson qaysi jihatda nuqsonga yo‘l qo‘ysa, o‘sha tarafdan pand yeydi, yutqazadi. Inson moddiyatsiz ham, ma’naviyatsiz ham yashay olmaydi. Zero, u ruh va moddiy tanadan iborat. Bu dunyoda u shu ikki borlig‘i bilan yashar ekan, har ikki tarafga o‘z haqqini berishga majbur. Aks holda, halokatgma mahkumdir.
Insonning moddiy borlig‘i moddadan ozuqalangani kabi, ma’naviyati ruhiy ozuqa bilan to‘yinadi. Moddiyati yer va uning atrofidagi modda bilan, ma’naviyati ruhning manzili - samo bilan bog‘liq. Binobarin, samoviy ta’limotlarsiz ma’naviyat ozuqasiz yemak kabidir. Saqichni qancha chaynamasin, biribir qorin to‘ymaydi.