Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIR
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

PARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIM

Parijdagi markaziy jome’ masjid Birinchi jahon urishida Fransiya himoyasida o‘ldirilgan musulmon askarlar sharafiga qurilgan. 1922 yil Verdon urishi tugagan kunning ertasiga Fransiya hukumati ushbu masjid qurilishi haqida qaror qabul qilgan. 1926 yili masjid Mag‘rib yurti yetakchilari ishtirokida ochilgan. Masjid qoshida Islom instituti ham bor. Uning bitiruvchilariga Fransiya masjidlarida xizmat qilish, Islomga da’vat etish, boshqa din vakillari bilan ilmiy munozaralar o‘tkazish kabi faoliyatlar mumkin. Masjid qoshidagi maktab va madrasada yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan musulmonu g‘ayridin dars oladi. Masjid Fransiya bo‘yicha Islom markazi ham hisoblanadi.


Parijdagi jome’ masjid g‘arbliklar uchun hayotiy dars bo‘lishi lozim

Parijdagi markaziy jome’ masjid Birinchi jahon urishida Fransiya himoyasida o‘ldirilgan musulmon askarlar sharafiga qurilgan. 1922 yil Verdon urishi tugagan kunning ertasiga Fransiya hukumati ushbu masjid qurilishi haqida qaror qabul qilgan. 1926 yili masjid Mag‘rib yurti yetakchilari ishtirokida ochilgan. Masjid qoshida Islom instituti ham bor. Uning bitiruvchilariga Fransiya masjidlarida xizmat qilish, Islomga da’vat etish, boshqa din vakillari bilan ilmiy munozaralar o‘tkazish kabi faoliyatlar mumkin. Masjid qoshidagi maktab va madrasada yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan musulmonu g‘ayridin dars oladi. Masjid Fransiya bo‘yicha Islom markazi ham hisoblanadi.

Masjidni aylanar ekansiz, unda Islom san’atining eng go‘zal namunalarini ko‘rasiz. Ularni Yevropadagi boshqa osor-atiqalar qatorida tomosha qilish kishida ajoyib taassurot qoldiradi va Islomning qanchalar buyuk, betakalluf, musaffo, sog‘lom ekanini namoyish etadi. Masjidning sahnisidagi shinam bog‘, devorlardagi naqshlar ham musulmonlarning ichki olamidan darak.

Masjid Islomning go‘zalligini namoyish etishda bu bilan cheklanib qolmagan. Bu masjid Hitlerning qatag‘oni paytida 1600 yahudiyga boshpana bergan. Ular bu yerda qariyb 10 yil yashagan. Ikkinchi jahon urishi tugagandan so‘nggina asta-sekin joy topib chiqib ketishgan.

Ushbu qisqa satrlardan bir qancha xulosalar olish mumkin. Ulardan asosiy ikkitasini eslamoqchiman:

  1. Musulmonlardagi fidoiylik va vatanparvarlik. Aslida Fransiyaga musulmonlar fransuzlarning Mag‘rib o‘lkalariga qilgan istilosi sababli ko‘chib kelgan. Biroq musulmonlar bu yerni vatan tutgach o‘sha bosqinchi fransuzlar bilan bir safda turib shu yurtni himoya qilgan va bu urushda o‘n minglab qurbon bergan. Musulmonlarning bu kabi fidoiyliklari tarixda ko‘p kuzatilgan. Farg‘ona vodiysidan Xitoy bosqinini daf etishda turklarga ham ana shunday jonu mollari bilan yordam berganlar va ushbu sadoqatdan so‘ng o‘sha hududlardagi turklarning Islomga kirishi yanada ommalashgan. Manbalarga ko‘ra, ushanda bir kunda taqriban bir million odam musulmon bo‘lgan.

  2. Musulmonlardagi diniy bag‘rikenglik. Yahudiylarning tarix osha musulmonlarga dushmanliklari barchaga ma’lum. Ammo yahudiylarning boshiga musibat kelganda musulmonlar fashistlarning masjidlarga tajovuz qilmasligini nazarda tutib, yahudiylarni o‘z ibodatxonalarida saqlaganlar. Ularni bunga Islomning yomonlikka yaxshilik qilish, nochorlarga yordam berish, boshqa din vakillariga muruvvatli bo‘lish kabi insonparvar g‘oyalari undagan. Biroq vaqt o‘tgach yahudiylar tarafidan musulmonlarga qanday munosabat bo‘lgani va bo‘layotgani hammaga ma’lum.

Islomga ko‘ra, boshqa din vakillariga nisbatan «diniy bag‘rikenglik» tushunchasi qoniqarli emas. Balki g‘ayrimuslimlarga «muruvvatli bo‘lish» ilgari suriladi. Yuqoridagi hodisalar ushbu tushunchaning hayotda qanday tatbiq etilgani borasida yaqin tarixdan bir-ikkita misol, xolos. Bu kabi hodisalarni istagancha keltirish mumkin. Binobarin, dinini to‘g‘ri anglagan musulmonga diniy bag‘rikenglik haqida gapirishga umaman hojat. Ayniqsa, musulmonlarga qarshi qo‘lidan kelgan barcha qirg‘in va qatag‘onlarni qilgan kimsalarning bu borada musulmonlarga nasihat qilishga haqqi yo‘q. Ayni paytda Islomni yanglish anglagan kishilar uni tamsil etmasligini unutmaslik lozim. Shu bilan birga, Islomda o‘zni, o‘zlikni himoya qilishda sobit tushunchalar mavjud bo‘lib, yaxshilikni mag‘lub qoldirishga yo‘l qo‘yilmaydi.