Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIR
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

NOMUS SOTILMAYDI

Ayrim kishilar fahshu buzuqlikni yomon ekanini bilgan holda undan keladigan vaqtincha daromad bilan buzuqlikni haspo‘slashga urinadi. Bu nihoyatda halokatli mezon. Bu ma’naviyatni moddiy narsaga sotishdir. Ushbu o‘lchovdagi kishilar yaxshiroq pul bersa, onasining sha’nini ham, qizining nomusini ham sotadi. Ming afsuski, buning misollarini hayotda ko‘rib turibmiz. Agar ushbu mafkura rivojlanib borsa, kishida muqaddas narsa bo‘lmaydi, qadriyat qolmaydi. Hamma narsani pul bilan o‘lchaydi. U pul uchun o‘zligini ham, dinini ham, millatini ham, yurtini ham sotadi. Vatan ham nima, bir parcha tuproqda, deydi.


NOMUS SOTILMAYDI

Ayrim kishilar fahshu buzuqlikni yomon ekanini bilgan holda undan keladigan vaqtincha daromad bilan buzuqlikni haspo‘slashga urinadi. Bu nihoyatda halokatli mezon. Bu ma’naviyatni moddiy narsaga sotishdir. Ushbu o‘lchovdagi kishilar yaxshiroq pul bersa, onasining sha’nini ham, qizining nomusini ham sotadi. Ming afsuski, buning misollarini hayotda ko‘rib turibmiz. Agar ushbu mafkura rivojlanib borsa, kishida muqaddas narsa bo‘lmaydi, qadriyat qolmaydi. Hamma narsani pul bilan o‘lchaydi. U pul uchun o‘zligini ham, dinini ham, millatini ham, yurtini ham sotadi. Vatan ham nima, bir parcha tuproqda, deydi.

Bir ayolning nomussizligiga rozi bo‘ldimi, u bir kun kelib o‘sha ishni o‘z mahramiga ham ravo ko‘radigan bo‘ladi. O‘zlik shu tarzda yemiriladi.

Xatolarni o‘tim qilish mumkin, ammo mezonlar buzilmasligi kerak, aks holda, tuzalmas buzg‘unchiliklar, ortga qaytmas halokatlar millatni o‘z domiga tortadi. Bugungi moddiy rivojlangan jamiyatlar bunga yorqin misol.

Ma’naviyat moddiyat bilan o‘lchanmaydi, chunki uning bozori yo‘q, buni unitmaslik kerak. Har narsaga moddiy ko‘z bilan qarash jamiyatning ma’naviyatini yakson qiladi. Yana bir haqiqat shuki, ma’naviyatdan mosuvolik moddiyatni ham halok qiladi.

Hozir pul bo‘lsa, eng zo‘r texnikani ham, binoni ham, sharoitni ham qo‘lga kiritish mumkin. Arab mamlakatlaridagi infratuzilmalar, texnikalar Yevropanikkidan o‘tib ketmoqda. Demak, pulga hamma narsani topsa bo‘ladi. Ammo ma’naviyatni pulga topib bo‘lmaydi, o‘zlik bozorda sotilmaydi. Bozordan hamma narsani topsa bo‘ladi, ammo faqat moddiy narsalarni, ma’naviyatni emas. Ma’naviyatning eng hassos nuqtasi bu nomusdir. Nomus uchun, iffat uchun, kerak bo‘lsa, jon beriladi, chunki u pulga sotilmaydi. Bu gaplarni ma’naviyatidan ayrilganlargina tushunmasligi mumkin.