
Hasanxon Yahyo Abdulmajid
MAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!
Bu oyni oila davrasida va do‘stlar o‘rtasida ham alohida tadbir, o‘ziga xos ruhiyatga o‘tkazish maqsadga muvofiq. Buning uchun eng avvalo shu oy ichi siyratga oid birorta kitobni to‘liq o‘qib tugatishni reja qilish lozim. Manbalardan ayrimlarini tavsiya qilsam:
MAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!
Bugun 1446 hijriy sana Rabiulavval oyining birinchi kuni. Bu oy Habibimiz sollallohu alayhi vasallam tavallud oy topgan oy bo‘lgani uchun xalq tilida mavlid oyi deb atalgan. Arablarda uni «Rabiul anvar» - nurli oy deb ham atashadi. Bu nom ham ushbu oyda Nabiy alahissalomning olamlarga nur bo‘lib tavallud topganlari e’tiboridan kelib chiqqan. Darhaqiqat, bu oy mo‘min-musulmonlar, xususan, Rasulimiz alayhissalomga muhabbatli qalblar nazdida o‘zgacha hurmatga, o‘ziga xos rangga ega.
Bu oyni oila davrasida va do‘stlar o‘rtasida ham alohida tadbir, o‘ziga xos ruhiyatga o‘tkazish maqsadga muvofiq. Buning uchun eng avvalo shu oy ichi siyratga oid birorta kitobni to‘liq o‘qib tugatishni reja qilish lozim. Manbalardan ayrimlarini tavsiya qilsam:
«Tarixi Muhammadi»
«Olamlarga rahmat Payg‘ambar»
«Nubuvvat va risolat»
«Nurul yaqin»
«Siz Payg‘ambarni ko‘rganmisiz» (2 bosqich)
«Saodat asri qissalari»
«Mavlid sharhi»
«Rahiqul maxtum»
«365 kun Payg‘ambarimiz bilan»
«Muhammad Mustafo» va boshqalar.
Alloh taologa shukrlar bo‘lsin, bu borada yana talay kitoblar bor. Har yili ulardan bir yoki ikkitasini to‘liq o‘qib chiqib turilsa, juda ko‘p barakotlarga sabab bo‘ladi.
Imom domlalar mavlid tadbirlarini ilmiy va yuqori saviyada o‘tkazishga, har bir majlisda siyratdan birorta muhim mavzuni yoritib berishga harakat qilishlari darkor. Imkoni bor odamlar xos mavlid yig‘inlari uyushtirsalar, ajru barakasi ko‘p.
Alloh taolo barchalarimizga tavfiqu inoyatni yor aylab, bu oyni munosib ravishda o‘tkazishimizni nasib etsin!