Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIR
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

ZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADI

Bugun dunyo borgan sari xatarli makonga aylanib bormoqda. Haqparvarlarning loqaydligi, odamlarning munofiqona hayotga roziligi tufayli zolimlar haddidan oshmoqda.


ZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADI

Bugun dunyo borgan sari xatarli makonga aylanib bormoqda. Haqparvarlarning loqaydligi, odamlarning munofiqona hayotga roziligi tufayli zolimlar haddidan oshmoqda.

Tarix osha tasdiqini topgan haqiqatlardan biri shuki, birovga qilingan zulmga rozi bo‘lganlarni ko‘p o‘tmay o‘sha zulm o‘z domiga tortadi. Bugun bir malmakatni bosib olayotganlar ertaga boshqasiga ham ko‘z olaytiradi. Bosqinchini qo‘llaganlar bir kun uning o‘ljasiga aylanadi. Adolatdan ko‘z yumish doimo zulm va fitnaning ommalashuviga olib kelgan. Urushlarning sizdan yiroqda kechishi sizni beparvo qilmasin, fitna alanga olganda ho‘lu quruq yonishi mumkin.

Har birimiz o‘z shaxsiy hayotimiz, oilamiz va ish tartibimizni ko‘zdan kechirishimiz lozim. Boshqaga zulm qila turib zolimni yomonlash, zulmni qoralash nifoqdir, zararga hujjat bo‘ladi. Har bir kishi o‘zi turgan mavqeda to‘liq mas’uliyat bilan, Alloh taoloning huzurida o‘zini oqlay oladigan darajada harakatlanishi, buning uchun Uning ko‘rsatmalariga ko‘ra hayotini tartibga solishi kerak. O‘z oilasiga, o‘z xalqiga adolatli bo‘lmagan kishi boshqadan adolat istashi yanglishdir.

Farzandlarni zulmga ko‘niktirmang, ularni zulmga qarshi bo‘lishga, adolatparvar bo‘lishga o‘rgating. O‘zingiz ham ularga adolatli bo‘ling, zulm qilmang. Ishchilarga, qo‘l ostingizdagilarga yaxshi munosabatda bo‘ling, ularga zulm qilib qo‘ymang. Bugun odamlarga qilgan zulmingiz tufayli Alloh ustingizga zolimlarni yubormasin!

Biz zulmning har qanday ko‘rinishini qoralaymiz. Biz doimo mazlumlar tomondamiz. Zulm dunyo va oxiratda zulmatdir. Zolimlar va zulmga rozi bo‘lganlar o‘zlariga hujjat to‘plamoqda, xolos. Zulm ko‘p yashamaydi. Zolimlar albatta o‘z qilmishlarining javobini oladi.

Alloh taolo musulmonlarga O‘zining so‘nggi risolatini yuborgan. Ular bu ne’matning qadrini bilib, ushbu haq yo‘lga qaytib, uni mahkam tutish bilangina najot topadilar. Boshqasi sarob, ishoning! Bu haqiqatni bugun har birimiz chuqur anglab yetishimiz lozim.

Ramazon oyi duolar qabul, Alloh taologa yolvorib duo qilish, butun Islom olami, jumladan, yurtimiz haqqiga najotu nusrat tilab iltijoda bo‘lish har birimizning eng yengil burchimizdir.