Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

RAMAZON TAJRIBALARIDAN

Ramazon oyi yurtimizda o‘ziga xos shukuhga ega. Buning asosiy omili xatmi Qur’onlar hisoblanadi. Ushbu jarayonda faol ishtirok etib kelayotganimga ham o‘ttiz yildan oshibdi. Mavzuga oid ayrim fikr-mulohazalarni «Xatmi Qur’onga marhabo!» kitobida baholi qudrat bayon qilingan edm. Bu yil yana ba’zi kuzatuvlar bo‘ldi, ularni ham ko‘pchilikka ulashgim keldi. So‘zim qorilarga ham, boshqalarga ham tegishli. Har kim o‘ziga keragini olishi mumkin.


RAMAZON TAJRIBALARIDAN

Ramazon oyi yurtimizda o‘ziga xos shukuhga ega. Buning asosiy omili xatmi Qur’onlar hisoblanadi. Ushbu jarayonda faol ishtirok etib kelayotganimga ham o‘ttiz yildan oshibdi. Mavzuga oid ayrim fikr-mulohazalarni «Xatmi Qur’onga marhabo!» kitobida baholi qudrat bayon qilingan edm. Bu yil yana ba’zi kuzatuvlar bo‘ldi, ularni ham ko‘pchilikka ulashgim keldi. So‘zim qorilarga ham, boshqalarga ham tegishli. Har kim o‘ziga keragini olishi mumkin.

  1. Tarovehda xatmga o‘tmoqchi bo‘lgan qorilar har qancha pishiq qori bo‘lsalar ham, doim takror qilib yurgan bo‘lsalar ham, Ramazondan oldin alohida takror va davra qilib olishsa, juda ham yaxshi manfaat beradi. Davra deb ikki kishining Qur’onni bir-biriga yoddan o‘qib berishiga aytiladi. Andijonda Qur’onni bir necha ming marotaba xatm qilgan ustoz qori dadalar ham Ramazondan oldin davra qilishar edi. Birovga topshirishda xotirani tiklashga katta turtki bor. Agar bu takror namozda qilinsa, nur ustiga nur bo‘ladi. Ustozimiz Badruddin qori akamga biz qariyb o‘n yil tahajjudda xatm qilib bergan edik. Ustozning himmatlari baland edi, rajab oyi kirishi bilan xatmga o‘tadigan ba’zi shogirdlarni chaqirib, namozga o‘qib berishlarini talab qilardilar. Ba’zan xuftondan keyin, qaysidir yillar bomdoddan oldin naflga 1-2 poradan o‘qib berilar edi. Buning foydasi juda katta bo‘lgan.

  2. Xatm o‘tkaziladigan masjidlarda Ramazonga tayyorgarlik doirasida ovoz kuchaytirgichlarni sozlash yoki yangilashni unutmaslik lozim. Bunda imkon qadar eng yaxshi, zamonaviy, iloji bo‘lsa, raqamli jihozlardan foydalangan ma’qul. Eng muhimi, jihoz tavjid va ovozning rangini bera olsin, qiroatni tiniq yetkazsin. Ko‘pchilik e’tibor bermaydigan ushbu jihat aslida namozning xushu’sigacha ta’sir qiladi. Ayniqsa, taroveh namozlari uchun ovoz yetkazish oliy darajada bo‘lishi juda zarur.

  3. Qorilar Ramazonda Qur’ondan boshqa mavzu va tashvishlardan imkon qadar uzoq, hamisha ko‘tarinki ruhda bo‘lishga urinishi lozim. Kunduzlari takror, tafsir mutolaasi kabi ishlar bilan ko‘proq mashg‘ul bo‘lgan yaxshi. Bunda ularga atroflaridagi kishilar ham ko‘maklashib tursa, ayni muddao bo‘ladi. Boshqa tashvishlar qiroatning sifatiga ham ta’sir qilishi mumkin.

  4. Xufton va vitr namozida qisqa suralarni tartib bilan zam sura qilish ham foydali ishlardan, namozxonlar uchun tayyor ta’lim va malaka bo‘ladi. Masalan, Shams surasidan yoki Alaq surasidan boshlab har kuni 5 tadan sura o‘qib borilsa, Ramazon oyida shu suralar 5-6 marta takror bo‘lib qoladi. To‘g‘ri, boshqa namozlarda ham bu suralar o‘qilishi mumkin. Ammo tartib bilan o‘qilganda o‘zgacha samara beradi. Bunda Bayyina surasi ikki rakatga bo‘lib o‘qiladi (birinchi rakatga 5, ikkinchi rakatga 3 oyat). Boshqa suralarni har rakatda bittadan o‘qib boriladi.

Alaq surasidagi sajda oyatidan qo‘rqmaslik kerak, odamlar asta o‘rganadi. Shundoq ham kun ora xatmda sajda oyatlari o‘qiladi. Bilganlar sajda qilib olaveradi.

Ba’zi qorilar xufton yoki vitrda ham xatmdan ayrim sahifalarni o‘qishganini eshitib qolamiz. Bu uncha to‘g‘ri emas, chunki Ramazondagi xatmni qadimdan tarovehda, naflda o‘qish joriy bo‘lgan, shunga amal qilib kelinadi. Qolaversa, bu bilan hech qancha vaqt yutilmaydi, nari borsa, 5- daqiqa farq qiladi, xolos. Bu fursatda odamlarga qisqa suralarni mustahkamlab olgan ma’qul.

  1. Taroveh suhbatlarini 3 tasbehdan keyin qilish eng yaxshi, eng samarali uslub hisoblanadi. Bunda namozxonlar bir past dam olib, yangilanib ham oladi. Agar tarovehda bir kishi xatm qilayotgan bo‘lsa, bu suhbat qori uchun istirohat vaqti bo‘ladi. Buni har kuni odat qilinsa, namozxonlar ushbu fursatda tahorat yangilash va boshqa shu kabi zaruratlarni ham bajarib olishi mumkin. Biroq bunda suhbat juda cho‘zilib ketmasligi, taroveh kayfiyatiga zid bo‘lmasligi lozim. Uzog‘i 15-20 daqiqa kifoya. Mavzular Qur’onga aloqador bo‘lsa, yanada yaxshi. Suhbatni namozdan oldin qilganda jamoat to‘liq kelib ulgirmagan, so‘zlovchi uchun vaqt ziq bo‘lib qoladi.

  2. Xatmni ikki, uzog‘i uchta qori o‘qigani ma’qul. Bir poralik xatmda qorilarning adadi bundan ko‘p bo‘lishi odatda xatmning shukuhiga ham, qorilarning kafiyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar bir masjidda xatmga o‘tadigan qorilar bundan ko‘p bo‘lsa, ularni kun ora navbat bilan o‘tkazish mumkin. Masalan, 6 ta qori xatmga o‘tishi kerak bo‘lsa, bir kun uchtasi, ertasiga qolgan uch kishi xatmga o‘tsa, Makka Haramidagi kabi o‘ziga xos tarovat baxsh etadi. Ammo bir kunda 5-6 ta qori bir porani bo‘lib o‘qiganda bir necha jihatdan noqulayliklar bo‘lishi mumkin. Qolaversa, masjidda xatmga o‘tish martaba uchun bo‘lmasligi, talosh qilinmasligi lozim.

  3. Xatmni tugatishda xatmona kunidagi tarovehning 19-rakatiga oxirgi 2-3 ta surani o‘qib, 20-rakatga Baqaradan 5 oyat o‘qish eng qulay xatm bo‘ladi. Bundan boshqa uslublar ham bor. Biroq mazkur uslub ham fiqhiy jihatdan, ham shakliy tarafdan eng maqbulidir.

  4. Xatm duosini 20-rakat ortidan qilish kerak. Hatto tasbeh aytishga ham hojat yo‘q, salom beriboq qo‘lni duoga ochgan ma’qul. Mana shunisi maqsadga muvofiq. Chunki xamt duosi aslida xatmning ortidanoq qilinadi, orada uzilish bo‘lmagani ma’qul, hadislarda qabul bo‘ladigan duo deganda aynan shunday bevosita xatm ortidan qilingan duo nazarda tutilgan. Oxirgi suralardan xapqirib qolgan qalblardan chiqqan duo ham ijobatga yaqin bo‘ladi. O‘rtaga boshqa amallar qo‘shilsa, ketma-ketlik uzilib, qalblar biroz sovib, ruhiyat sal sustlashib qolshi ham bor. Ba’zilarning tasbeh aytib, taroveh uchun alohida duo qilib, ortidan vitrni o‘qib, keyin yana tilovat qilib, so‘ng xatm duosini qilishi shunchaki odat, hech qanday shar’iy talab yoki odob emas. Bunda biror karohiyat yo‘q bo‘lsa-da, yuqorida eslangan fazilatlar topilmaydi.

  5. Ayrim masjidlarda xatm paytida birinchi safdagilar keyingi saflarga o‘girilib olib, keyin duoga qo‘l ochishadi va bu bilan xalqa hosil qilmoqchi bo‘lishadi. Aslida bunda xalqa qilish imkoni yo‘q, chunki butun jamoatni xalqa shaklida sig‘diradigan masjid tugul maydon ham topish imkonsiz. Bir safning o‘girilishi xalqa bo‘lmaydi. Shuning uchun imom domla va qorilar ham namoz o‘qigan joylarida qiblaga yuzlangancha duoga qo‘l ochganlari ma’qul.

  6. Agar salohiyati yetsa, xatmi Qur’on duosini xatmga o‘tgan qorilardan birortasi qilgani afzal. Chunki xatmdagi ijobat duo avvalo xatmni yetkazgan kishiga tegishli hisoblanadi. Biroq, duosi ijobatga yaqinligi umid qilingan ustozlar, olimlar duo qilib berishlarida ham o‘ziga xos afzalliklar bor. Bunda xatmni ado etganlarning «omin»lari ijobatidan umidvorlik ortadi.

  7. Ayrim joylarda hali ham saqlanib qolgan bir odat bor. Xatm kuni masjid xodimlari xalta ko‘tarib jamoat oralab aylanishadi va yig‘ilgan puldan qorilarga hadya berishadi. Taroveh namozini o‘qib berish evaziga haq olish joizligida shubha yo‘q. Biroq buni Qur’on va qorilar sha’niga munosib ravishda tashkillashtirish kerak, deb o‘ylayman. Men o‘zim shu paytgacha bu odatni xushlamay kelganman. Ixtiyor o‘zimda bo‘lgan paytda bunga yo‘l qo‘ymaganman. Biz uchun odamlarga Kalomullohni yetkazish o‘zi yetarli sharaf va tortiq. Ammo tinglagan jamoat o‘zi ko‘ngildan chiqarib qorilarga biror hadya bersa, bu ularning himmati, o‘zlariga savob va sharaf. Qur’onni mehrobda turib o‘qib berish hazil ish emas, buning uchun o‘sha qoridan katta mehnat talab qilinadi. Buni taqdirlashga oshiqish har bir muxlis mo‘minda bo‘lishi tabiiy. Shunday bo‘lishi kerak. Biroq etak aylantirib pul yig‘ish, yonidagilardan uyatganidan pul tashlash kabi holatlar Qur’on ahliga munosib emas, menimcha.

Bu kabi mulohazalarni yana davom ettirish mumkin. Biroq hozircha mana shular kifoya qilsa kerak, asosiy aytmoqchi bo‘lganlarim ham shu edi. Yaxshilik bo‘lsa, kimgadir manfaat yetkazsa, savobidan umidvorlik bor.

Bu kabi fikrlar kimgadir ahamiyatsiz ko‘rinishi mumkin, ammo soha egalari bu mulohazalarning qiymatini yaxshi tushunadilar. Kamchiliklarni ma’zur tutasizlar.