Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIR
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

XABARDOR OVOZA QILMAYDI

Sharq faylasuflari, xususan, musulmon mutafakkirlarning o‘ziga xos fazilatlaridan biri shuki, ular moddiy olamning qonuniyatlaridan ayni mazmunda ma’naviy xulosalar oladilar. Buni odatda hikmat deb atashadi. Zotan, har ikki olamning yaratguvchisi yagona ekan, ularda mushtarak qonunlar, o‘xshashliklar bo‘lishi tabiiy. Ushbu haqiqatdan kelib chiqib, buyuk allomalarimiz atrofni qalb ko‘zi ila kuzatib, zarbulmasallar bilan juda go‘zal, betakror va hayotiy o‘gitlarni taqdim etganlar.


XABARDOR OVOZA QILMAYDI

Sharq faylasuflari, xususan, musulmon mutafakkirlarning o‘ziga xos fazilatlaridan biri shuki, ular moddiy olamning qonuniyatlaridan ayni mazmunda ma’naviy xulosalar oladilar. Buni odatda hikmat deb atashadi. Zotan, har ikki olamning yaratguvchisi yagona ekan, ularda mushtarak qonunlar, o‘xshashliklar bo‘lishi tabiiy. Ushbu haqiqatdan kelib chiqib, buyuk allomalarimiz atrofni qalb ko‘zi ila kuzatib, zarbulmasallar bilan juda go‘zal, betakror va hayotiy o‘gitlarni taqdim etganlar. Bu borada tasavvuf mashoyixlarining o‘rinlari beqiyos. Mirzo Abdulqodir Bedil, hazrat Navoiy, shayx Sa’diylarning ijodlarida bunga misollar ko‘p. Ularni o‘qib, ulamolarning tafakkur ufuqlariga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. Shayx Sa’diyning quyidagi ruboiylari ana shunday hikmatli she’rlardan biri bo‘lib, haqiqiy ishq qanday bo‘lishini uqtiradi.

Ey murg‘i sahar, ishq z-parvona biyomuz,
Ki-on suxt aro jon shudu, ovoz nayomad,
In muddaiyon dar talabash bexabaronand,
Ki onroki xabar shud, xabarash boz nayomad.
Shayx Sa’diy

Ey tong qushi, sen ishqni parvonadan o‘rgan,
O‘t ichra yoqar jonini, chiqmas uni hargiz.
Da’vo elidir bexabar ul Ër talabidan,
Kim topdi xabar, ko‘rki, o‘shal ketdi xabarsiz.
(Hasanxon Yahyo tarjimasi)

Nasriy bayon:

«Ey tong qushi, ya’ni bulbul, sen ishqni parvonadan o‘rgan. Qara, u shamga oshufta bo‘lib, oxiri olovga tushib o‘ladi, ammo hargiz uni (ovozi) chiqmaydi. Manavi da’vogarlar Ërni istashdan aslida bexabar. Zero, kim (haqiqiy) xabardor bo‘lsa, ovozi chiqmadi».

Bulbul odatda gulga tikilib, talpinib sayraydi. Shu bois, mumtoz adabiyotga ko‘ra, u gulning oshig‘i hisoblanadi. Pavrona ham sham’ atrofida aylanib, undagi olovga o‘zini uraveradi va oxiri o‘sha olovda kuyib o‘ladi. Uning bu holi oshiqning ma’shuq ishqida qurbon bo‘lishi deb talqin qilinadi. Ikkisi ham «oshiq». Biroq bu ikki oshiqning «ishqi» o‘rtasida juda katta farq bor. Bulbul sayrash orqali sevgisini oshkor qiladi va shu xonishlari bilan hammani o‘ziga rom qilib, obro‘-e’tibor topadi, maqtovlarga erishadi, xaridorgir bo‘ladi. Parvona esa olov atrofida gir aylanar ekan, ovozi chiqmaydi, unga birov parvo ham qilmaydi. «Ishq»i haqiqiyligining belgisi shuki, parvona shu yo‘lda o‘zini qurbon qiladi.

Sa’diy aytmoqchilarki, Ërga, ya’ni Alloh taologa chin oshiq bo‘lgan kishi muhabbatini sir tutadi, da’vo qilmaydi, o‘zini ovoza qilmaydi. Kimki ishqu muhabbatni, taqvoyu ibodatni oshkor da’vo qilaversa, uning sevgisi, diyonati yuzaki, yolg‘ondir.

Hayotga teran nazar tashlansa, bu hikmatning qanchalar haq ekani kun sayin ravshanlashib boraveradi. Shu bilan birga, aslida ilohiy ishq haqida aytilgan bu qoidani boshqa mavzularga ham tatbiq etish mumkin. Odatda ilmu amalda xolis bo‘lgan kishi o‘zini namoyish qilishdan qochadi, ishlarini ko‘z-ko‘z qilmaydi, chunki buni o‘ziga ep ko‘rmaydi, bunga muhtoj ham bo‘lmaydi. Xalqqa chin qalbdan xizmat qilganlar ham buni da’vo qilavermaydi, mehnatni qilib, o‘z yo‘lida davom etaveradi, har bir ishini maqtanib yurmaydi, chunki bunga ehtiyoj sezmaydi. E’tibor berilsa, sohaning haqiqiy mutaxassislari ortiqcha e’lonu maqtovlarga o‘ch bo‘lmaydi, zero, bunga hojat ham tushmaydi. Yaxshi mahsulotni tanishtirish kifoya, bo‘rttirib reklom qilmasa ham, xaridori uni topadi va hokazo.

Sa’diyning ushbu to‘rtligi har bir insonni avvalo o‘ziga nazar solishga undaydi. Shu bilan birga, chinni soxtadan, haqni botildan ajratishda ham yordam beradi.