Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIR
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

QABR AZOBI HAQIDA

Qabr azobi haqidagi tortishuv va dalillarga ko‘zib tushib qoldi. Ularni takrorlamoqchi emasman. Faqat ularda e’tibordan chetda qolgan ayrim nuqtalarni eslatishni lozim topdim.


Qabr azobi haqida

Qabr azobi haqidagi tortishuv va dalillarga ko‘zib tushib qoldi. Ularni takrorlamoqchi emasman. Faqat ularda e’tibordan chetda qolgan ayrim nuqtalarni eslatishni lozim topdim.

  • Mususlmon kishi e’tiqodni rostlab olishi lozim. Bu esa faraz yoki tuyg‘ular yordamida emas, ilm asosida bo‘lishi kerak.
  • Qabr azobini Alloh taoloning rahmatiga zid, hisob-kitobdan oldingi jazo, deb tushunib, uni inkor qilish ilmsiz, faqat tuyg‘ular bilan yondashuvdir. Alloh taoloning mehru shafqati cheksizligiga shunbha yo‘q, bunga ishonch va umid maqtovga sazovor bo‘lsa-da, e’tiqod masalalarida U Zotning ta’limotlariga suyanish ishonchliroqdir. Bu borada ilmsizlik tufayli xato qilganlarga hikmat bilan tushuntirish munosibdir.
  • Qabr azobi haqligi ahli sunna e’tiqodida qat’iy aytilgan masalalardan sanaladi. Bunga xilof qilish kishini bid’atga boshlaydi.
  • O‘lim har bir kishining o‘zi uchun oxiratdir. Qiyomatda esa barcha insonlar uchun umumiy oxirat hayoti boshlanadi. Qabrdagi azobu rohat oxiratning bir qismi sifatida ko‘riladi.
  • Qabr azobi hisob-kitobdan oldin bo‘lsa-da, imtihondan keyin amalga oshiriladi. Munkar va Nakirning savol-javobi imtihon uchun bo‘lib, mayyit bergan javobiga ko‘ra munosabat ko‘radi. Bunda kishi dunyoda kechirgan hayotiga ko‘ra javob berishi xuddi mexenikadek tizimlashtirilgan bo‘lib, yaxshi amallarni qilgan kishilar to‘g‘ri javob beradi, yomon amallilar javob bera olmay qoladi. Shu tarzda kishi o‘z amalining natijasini ko‘ra boshlaydi.
  • Hisob-katobgacha bo‘lgan qiyinchiliklar mo‘min bandadan gunohlarni yuvadi. Jumladan, qabr azobi ham kishini gunohlardan poklaydi. Qabr mashaqqatida gunohlardan poklanganlar qiyomat dahshatiyu azoblaridan omonda bo‘ladi. Dunyodagi kasallik va qiyinchiliklar bandani poklash orqali uni keyingi azoblardan saqlagani kabi, qabr azobi ham gunohkor uchun keyingi azobu uqubatlardan qutilishiga sabab bo‘lishini kishi yaxshi anglasa, qabr azobi aslida ilohiy rahmatdan ekanini tushunib yetadi.

Qabr azobi qiyomatga bo‘lishi shart emas.

Vallohu a’lam bissavob