
Hasanxon Yahyo Abdulmajid
ANDALUSIYADA TA’LIM
Islom manbalarida Andalusiya deb nomlangan musulmon davlatchiligi bugungi Ispaniya Partugaliya davlatlari o‘rnida qariyb 800 yil hukm surgan. Anadlusiyada musulmonlar yaratgan madaniyatning bektaror boyliklari bugun ham o‘z qiymatini yo‘qotmagan.
ANDALUSIYADA TA’LIM
Islom manbalarida Andalusiya deb nomlangan musulmon davlatchiligi bugungi Ispaniya Partugaliya davlatlari o‘rnida qariyb 800 yil hukm surgan. Anadlusiyada musulmonlar yaratgan madaniyatning bektaror boyliklari bugun ham o‘z qiymatini yo‘qotmagan.
Andalusiya Islom xalifaligi davrida nihoyatda gullab-yashnagan, Qurtuba (Kordova), Ishbiliya (Sevilya), G‘arnota (G‘arnota) kabi o‘lkalar ilm-fan, madaniyat, savdo-sotiq sohasida faqat Bag‘dod va Qustantaniyadangina orqada bo‘lgan. Bunday tamaddun, shubhasiz, ta’limdagi yutuqlar bilan bog‘liq bo‘lgan. Hozir o‘sha yuksak ta’lim tarixidan ayrim ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilmoqchiman.
Andalusiyada darslar bahor oyida boshlanar edi. Endigina besh yoshga to‘lgan kichik yoshli bolalarga darslar ertalabki soat yettida boshalanardi. Boshqa katta-kichik yoshdagilarga esa soat oltida boshlanardi. Kichik yoshdagilar dastlabki bosqichda harflarni, keyin yozishni o‘rganishardi. Keyin esa Qur’ondan ma’lum qismini yod olib, undan keyin boshqa ilmlarga kirishar edilar. O‘n besh yoshga to‘lganlarida xoh diniy ilmlar bo‘yicha bo‘lsin, xoh matematika, tibbiyot, veterinariya, astronomiya, dehqonchilik kabi dunyoviy ilmlarda bo‘lsin o‘zlariga yoqqan mutaxassislikni tanlash mumkin bo‘lardi.
Birigina Qurtubada madrasalar soni yigirma yettita bo‘lib, ularda o‘qish bepul edi. Shulardan uchtasi masjidlar ichida faoliyat olib borgan bo‘lsa, yigirma to‘rttasi Qurtubaning turli hududlarida joylashgan edi. Bu ta’lim dargohlari, masjid bo‘lsin, madrasa bo‘lsin, ularda o‘sha davrda bor barcha ilmlar birdek o‘qitlar edi. Musulmonlar Qur’on, hadis, aqida, fiqh ilmlarini qanday o‘rgansalar, til, tarix, adabiyot, falsafa, hisob, kimyo, fizika va boshqa ilmlarni ham xuddi shunday ishtiyoq bilan o‘zlashtirar edi.
Andalusiyaning barcha o‘g‘il-qiz bolalariga ta’lim bepul va majburiy edi. Yevropaliklar va ularning podshohlari ham farzandlarini Andalusiyadagi madrasa va oliygohlarda ta’lim olishlari uchun yuborar edilar. U yerdagi ta’lim turar joy, yemoq-ichmoq va bilim olishdagi yuqori sharoitlardan iborat joriy ichki tartib-qoidalari bilan ham alohida ahamiyatli edi.
Kunlik dars soatlari besh soatgacha davom etib, Juma dam olish kuni edi. O‘qish muddati to‘qqiz oy edi. Aksar ilmlar dars xonalaridan tashqarida tarjibaviy tarzda bo‘lardi. Xususan tabiiy hamda hayvonot olami ilmlari dalalar, o‘rmonlar, fermalar va shu kabi joylarda o‘tilardi. Mana shu metodlarni G‘arb Andalusiyadan o‘zlashtirib olib, yosh va ta’til kunlari borasida kichik o‘zgartishlar kiritgan holda uni bugungi kungacha amalda qo‘llab kelmoqda.
Manbalar:
-
«Al-bayonul mag‘rib». Ibn Izoriy.
-
«Al-muqaddima». Ibn Xaldun. 2-j.
-
«Ilmut tarix fil Andalus». Yusuf Ahmad Yusuf.
-
«Al-kutub val maktabot fil Andalus». Abdurrahmon Hajjiy.