Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIRMaqolaAG‘YOR ‒ IXLOSNING KUSHANDASIDIRMaqolaHAQIQAT HAQDAN DARAKMaqolaINKORGA SHOSHILMANG!MaqolaMUNOSABATMaqolaYOLG‘ONCHILIK ILLATIMaqolaDINI YO‘QNING VAFOSI YO‘QMaqolaINSON MA’NAVIYATGA HAMISHA MUHTOJ QOLAJAKMaqolaBAYROQ – BIRLIK VA VATAN RAMZIDIRMaqolaUZR, EY ABU JAHL!MaqolaVAFO IYMONDANDIRMaqolaTUZINI YEB, TUZLUG‘IGA TUPURGANLARMaqolaNAFS VA SHAYTONMaqolaSIZLAR NIMA KUTGAN EDINGLAR?MaqolaMEZON BUZILMASINMaqolaTARIX O‘ZINI TAKRORLAYDIMaqolaQISSADAN HISSAMaqolaZULM – ZULMATDIRMaqolaO‘ZINGNIKI BO‘LISHIGA NIMA YETSIN?!MaqolaHOZIR DUO SOATIDIRMaqolaMA’UNAT SO‘NGI NUQTADA BO‘LADIMaqolaDUOLAR NEGA IJOBAT BO‘LMAYAPTI?MaqolaBIZ NIMA QILISHMIZ KERAK?MaqolaTILGA E’TIBOR ‒ ELGA MADORMaqolaDUNYONING BUGUNGI YUZIMaqolaVATAN HAQIDAMaqolaMO‘MINNING BIRINCHI QUROLI HAM, OXIRGI QUROLI HAM DUODIRMaqolaILM VA DINNING MILLATI BO‘LMAYDIMaqolaSABABLAR KESILGANDA...MaqolaO‘ZLIKNI ASRASHDA MUMTOZ ADABIYATIMIZ MUHIM O‘RIN TUTADIMaqolaIBLISNING ISHINI TAKRORLOVCHI BO‘LMANG!MaqolaISLOH HAM, AKSI HAM O‘ZIMIZDAN BOSHLANADIMaqolaOMONAT YOXUD ESLATMA!MaqolaTA’LIM HAQIDA MULOHAZALARMaqolaTARIX OMONATDIR (3-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (4-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (5-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (2-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (1-QISM)MaqolaTARIX OMONATDIR (6-QISM)
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

ATEIZM ILM EMAS

Ayrim odamlar ateizmni ilm deb, ilmga asoslangan mafkura deb o‘ylaydi. Aslida ilm hech qachon Yaratuvchi yo‘qligini isbotlamagan. Isbotlay olmaydi ham. Ateizmning ilmga aloqadorligi ilm-fan degan iborani ko‘p ishlatishida va da’voda, xolos. Bu shunchaki axborot tepkisi. Bunga o‘xshash soxta da’vogarliklar ko‘p uchraydi.


ATEIZM ILM EMAS

Ayrim odamlar ateizmni ilm deb, ilmga asoslangan mafkura deb o‘ylaydi. Aslida ilm hech qachon Yaratuvchi yo‘qligini isbotlamagan. Isbotlay olmaydi ham. Ateizmning ilmga aloqadorligi ilm-fan degan iborani ko‘p ishlatishida va da’voda, xolos. Bu shunchaki axborot tepkisi. Bunga o‘xshash soxta da’vogarliklar ko‘p uchraydi.

G‘arb yetakchilari ayrim ma’rifatparvarlar tashabbusi bilan inson huquqlari haqida ko‘p gapirgani uchun boshqalar ularni doimo insonparvar, huquqshunos odamlar bo‘lgan, deb fahmlab qolgan. Aslida tarix osha insoniyat qonini eng ko‘p to‘kkanlar, o‘lkalarni bosib olib, boyliklarini o‘zlashtirgan, millionlab odamlarning yostig‘ini quritgan va quritayotgan, iqtisodiy siyosat bilan dunyoning katta qismini uchinchi dunyo sifatida ushlab kelayotgan, kerak bo‘lsa, fikr erkinligini ham bo‘g‘ayotgan kimsalar aynan ular. So‘nggi paytlarda jahonda kechayotgan voqealar ularning asliyatini yanada namoyon qilmoqda. Biroq inson huquqlari haqidagi balandparvoz gaplari odamlar ko‘ziga parda tortib, ko‘pchilik ularni insoniy huquqlarni ardoqlovchi kuch sifatida tasavvur qilib qolgan.

Qur’on va Sunnatni salafi solihlar fahmida tushunishni iddao qiladigan toifalar bor. Ular aynan salafi solihlar davrida Qur’on va Sunnat fahmidan vujudga kelgan mazhablarni tashlab, yetti asr keyin paydo bo‘lgan fikrlarga, undan ham o‘tib, 12 asr keyingi qarashlarga ergashadi-da, yana salaf solihlarga vorismiz deb da’vo qilishadi. Tartibli, to‘g‘ri ta’lim olmagan soddadil, yuzaki fikrlaydigan kishilar chuqurroq tafakkur va bilimga ega bo‘lmagani uchun ularning jimjimador da’volariga aldanib yuradi. Bunda ham asosan aldovchi omil – iddao, ya’ni «salafi solih» degan gapni ko‘p ishlatishdir.

Ba’zan g‘addor farzand «Otajonim!» deya muomala qilsa, asl holatni bilmagan kishi aldanib, uni farzandlarning eng mehriboni deb o‘ylab qoladi. Aslida u ota-onaning eng bevafo zurriyoti bo‘lishi mumkin. Bunga o‘xshash misollar talaygina.

Ateistlar ham «ha» desa ilm-fan deyavergani uchun yoshlar ularni faqat ilmga asoslanib so‘z yuritadi, deb o‘ylaydi. Aslida ularning hech bir ilmga asoslanmagan, aksincha, ilmga zid bo‘lgan qarashlari ko‘p. Ularning oldin genshunoslik fanini xushlamasliklari ham shundan edi, chunki bu fan ularning evolyutsiya nazariyasini chilparchin qiladi. Ularda Allohni inkor qilishga ham hech qanday dalil yo‘q. Ularning es-hushi borlari buni munozaralarda ko‘p tan oladi. Biroq Allohning borligini isbotlovchi dalil topa olmaganini, boshqalar ham buni dalillay olmasligini va shu sababli inkor yo‘lini tanlaganini aytadi. Bu ham ularning ilmiylikka, mantiqqa zid ishlaridan biridir. Zero, bilmaslik hech qachon ilm bo‘lmaydi.

Biror narsaning mavjudligiga dalil topmaslik uning yo‘qligini anglatmaydi. Ma’naviy olamni esa moddiy qonuniyatlarning o‘zi bilan kashf qilib bo‘lmaydi. Aqlning ma’lumot uskunasi hisoblangan his a’zolari ham moddiy olamni o‘rgana oladi, ma’naviy olamni emas. Alloh taolo esa O‘zini moddiy olamda namoyon etmagan, shu bois U O‘zini g‘ayb deb ta’rif etgan, O‘ziga iymon keltirganlarni g‘aybga inonuvchilar deya tavsiflagan. G‘ayb his olamidan g‘oyiblik demakdir. Binobarin, ma’rifat hosil qilishda his a’zolari bilan cheklangan odam Allohning borligini isbotlay olmaydi, unday kimsaga bu haqiqatni isbotlash ham imkonsiz. Aql moddiy tahlildan o‘tib, tafakkurga erishgandagina g‘aybning mavjudligini idrok etadi. Iymonning qiymati ham shunda. Shuning uchun ham g‘ayb pardasi ko‘tariligach, bandadan iymon qabul qilinmaydi.

Yaratuvchining borligini dunyodagi har bir mavjud narsa tasdiqlaydi, biroq buni anglash uchun aql nafs iskanjasida bo‘lmasligi kerak. Sa’diy aytganidek, har bir yaproq Parvardigorni tanitadigan bir kitob, ammo jismoniy ko‘zi ochiq, qalb ko‘zi so‘qirlar uni o‘qiy olmaydi.

Hech bir aqlli inson, hatto dinsiz odam ham intizomli biror narsa yoki hodisani tuzuvchisiz tasavvur qila olmaydi. Shu qoidaning o‘zi Allohga iymonni taqozo etadi. Zero, o‘ta puxta muvozanat bilan barpo etilgan bu go‘zal borliq Yaratuvchisiz bo‘lishi mumkin emas. Sun’iy aqlning o‘z-o‘zidan paydo bo‘lganiga ishonmay, tabbiy ongning o‘z-o‘zidan vujudga kelganini da’vo qilish qanchalar kulgili ekanini anglash qiyin emas. Biroq kufr kishini aqlu mantiqdan mahrum qiladi.

Aqliy ilm ulamolari Alloh taoloning borligini aqliy qoidalar bilan isbotlash yo‘lini ko‘rsatganlar. Buning uchun har qanday aql egasi e’tirof etadigan qoidalar, o‘zgarmas qonuniyatlar ishga solinadi. Shunday qilib, Yaratuvchining borligi moddiy tajribalar bilan emas, aqliy ilmlar va tafakkur asosida ham isbotlanadi. Bu ham ilm, buning ilm ekanini hech bir oqil inkor qilmaydi.

Ateistlarning safsatalaridan ta’sirlanib qolgan bir yigit masjidga kelib, bir qancha savollar berdi. Uning eng katta tashvishi dunyoning qanday yaralganini aniqlash ekan. U: «Menga dunyoning portlash bilan paydo bo‘lgani haqidagi nazariya to‘g‘riga o‘xshaydi», deb qoldi. Men: «Odatda portlashdan so‘ng tartib paydo bo‘ladimi, tartibsizlikmi?» deb savol berdim. U bexos: «Tartibsizlik», dedi. Men: «Dunyo tartiblimi yoki betartibmi?» dedim. U: «Tartibli», deyishga majbur bo‘ldi va o‘zining ahmoqligini tushundi. Xonada boshqalar ham bor edi, bechora yigit mulzamlik his qildi. Men: «Baraka topkur, portlash uchun oldin nimadir bo‘lishi ham kerakmi?» deya qo‘shimcha zarba yuborib qo‘ydim. Shu oddiy savol-javobdayoq ateizmning ilmdan qanchalar yiroq ekanini ko‘rish mumkin.

Yana bir yigit kelib: «Menimcha, insonning maymundan paydo bo‘lgani ilm-fan jihatidan to‘g‘riroq», dedi. Men: «Qaysi ilm-fan?» dedim. U: «Hozirda hamma o‘rganayotgan ilm-fan», dedi. Men: «Ateistlar ro‘kach qiladigan ilm-fan qoidalarini aytyapsizmi?» dedim. U: «Ha», dedi. Men: «Siz ularning qarichi bilan o‘lchasangiz, ular aytgan natija chiqishi tabiiy. Xitoy gazi bilan o‘lchasa, xitoyliklar aytgan hajm to‘g‘ri chiqaveradi. Siz o‘sha qonuniyatlarni muhokama qila oladigan daraja yetsangiz, keyin da’vo qilsangiz bo‘ladi. Ma’lumot uchun bilib qo‘ying, boshqa olimlar ateistlarning ko‘plab ilmiy qoidalari fan jihatidan xato qo‘yilganini ta’kidlaydi. Oxirgi yillarda bu haqiqat yana ham ochiqlanmoqda», dedim. Bunga o‘xshash ko‘plab misollarni keltirish mumkin.

Tasavvuf mashoyixlari boshqa bir taklifni ham berib, «Alloh taoloni inkor qilgan kishiga aqliy dalillar keltirib ovora bo‘lmay, Allohni zikr qilish o‘rgatilsa, u o‘zi Allohning borligini qalbi bilan topadi, mana shu osonroq», deydilar. Bu ham haqiqat. Biroq bu uslubiyat o‘rtaga tashlab, muhokama qilinadigan ilm bo‘la olmaydi, balki har bir qalb egasi uni o‘z ruhida his qilishi kerak.

Juda ko‘p xudosizlar iymonsizlikdan ruhi qiynalib, alaloqibat hech qanday ilmiy bahslarsiz Allohga inonmoqqa qaror qilgan. Dinga qarshi javlon urib kurash olib borgan ko‘plab insonlar umrining oxirida tavba qilib, hatto haj-umralarga borib, iymon bilan halovat topgan. Qanchadan-qancha ateistik mafkura fidokorlari farzandlariga bu yo‘lni ravo ko‘rmagan. Bularning barchasi ruhning turtkisi, qalbning isyoni natijasidir.

Xulosa qilib aytganda, ateizm hech qanday ilmga asoslanmagan. Dunyoda ateistlar bilgan moddiy ilmdan boshqa ilmlar, ilm olish vositalari ham bor. Jumladan, naql ilmi. Bu ilmlarni o‘rgangan kishi Yaratguvchining borligiga, Uning birligiga, buyukligiga to‘laqonli dalillar asosida, ilmiy ravishda ishonch hosil qiladi. Islom faylasuflari va aqiyda ulamolari bu borada ham misli ko‘rilmagan ilmiy meros qoldirganlar. Ularni o‘qib-o‘rganishga va yoshlarga ta’lim berishga bugun barchamiz muhtojmiz.