Hasanayn.uz

Maqolalar

MaqolaQABR AZOBI HAQIDAMaqolaENG KATTA BOYLIKMaqolaO‘QISH BOSHQA, UQISH BOSHQAMaqolaHAR KIM O‘Z QO‘L OSTIDAGILARDAN MAS’ULMaqolaZAMONAVIY XATOLARMaqolaASOSIY MUAMMOMaqolaMAZMUNI QUR’ON BO‘LGAN HAYOTMaqolaZULMGA ROZILIK SIZNI HAM ZULMGA DUCHOR QILADIMaqolaTUYG‘UGA EMAS, ILMGA SUYANISH KERAKMaqolaMODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDIMaqolaHURRIYAT MAS’ULIYATDIRMaqolaYECHIM ILMDAMaqolaNOMODDIY QONUNIYATLARMaqolaXABARDOR OVOZA QILMAYDIMaqolaO‘ZBEKNING O‘ZLIGIMaqolaALLOHNING IRODASI G‘OLIBDIR, FAQAT YAXSHILIKDIRMaqolaQOIDALAR BUZILMASIN!MaqolaPARIJDAGI JOME’ MASJID G‘ARBLIKLAR UCHUN HAYOTIY DARS BO‘LISHI LOZIMMaqolaNOMUS SOTILMAYDIMaqolaNIMA SOTSAK SOTDIK, AMMO VATANNI SOTMADIK!MaqolaTO‘LMAS BO‘SHLIQMaqolaTEKIN TOMOSHAMaqolaENG YAXSHI BAYKOT - ISHLAB CHIQARISHDIRMaqolaTIL O‘RGANISH BO‘YICHA TAVSIYAMaqolaRAMAZON DUO OYIMaqolaQUR’ON KO‘ZGUSIMaqolaILOHIY QONUNIYATMaqolaALISHER NAVOIY HOFIZI QUR’ON BO‘LGANMI?MaqolaYAPONIYADA QUR’ON ANJUMANIMaqolaIKKI KO‘NGILMaqolaNOSHUKRLIKMaqolaATEIZM ILM EMASMaqolaFOBIYA VA UNING DAVOSIMaqolaQADRYATLARNI QADRLAGAN QATARMaqolaO‘ZIMIZ DARYO BO‘LAYLIKMaqolaTANQIDMaqolaQAY BIRI MADANIYLASHGAN?MaqolaANDALUSIYADA TA’LIMMaqolaILOHIY IRODAMaqolaO‘ZBEK TILI – DAVLATNING TILIMaqolaMAVLID OYI MUBORAK BO‘LSIN!MaqolaMUSTAQILLIK ULUG‘ NE’MATMaqolaISLOM ALLOHNING DINI, ARABLARNING EMASMaqolaMOZIYGA QARAB ISH KO‘RMOQ XAYRLIDIRMaqolaTASHVISH VA G‘AM PAYTIDA QILINADIGAN MUSTAJOB DUOMaqolaHAR KIM O‘Z ISHINI QILISHI KERAK!MaqolaTEJAMKOR KAM BO‘LMAYDIMaqolaRAMAZON TAJRIBALARIDANMaqolaSALOMATLIK MEZONIMaqolaAMRI MA’RUF VA NAHIY MUNKAR – JAMOATCHILIK NAZORATIDIR
Ro‘yxatga qaytish

Hasanxon Yahyo Abdulmajid

MODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDI

Matematika, fizika, kimyo, falakiyot, tibbiyot, ziroat, biologiya, qo‘yingi barcha fanlar moddani o‘rganadi va shu orqali moddalardan qanday foydalanish yo‘llarini ko‘rsatadi. Bu ilmlar inson hayoti farovonligi uchun zarur. Ayniqsa, bugungi kunda mamlakatning osuda hayoti, taraqqiyoti uchun bu ilmlar dolzarb. Biroq moddani o‘rganish bilan ma’naviyat yuksalib qolmaydi.


MODDIY ILMLAR MA’NAVIYAT BERA OLMAYDI

Matematika, fizika, kimyo, falakiyot, tibbiyot, ziroat, biologiya, qo‘yingi barcha fanlar moddani o‘rganadi va shu orqali moddalardan qanday foydalanish yo‘llarini ko‘rsatadi. Bu ilmlar inson hayoti farovonligi uchun zarur. Ayniqsa, bugungi kunda mamlakatning osuda hayoti, taraqqiyoti uchun bu ilmlar dolzarb. Biroq moddani o‘rganish bilan ma’naviyat yuksalib qolmaydi. Moddaning bor xususiyati shu, bundan ortig‘ini undan kutish nodonlikdir. Yana ham aniqrog‘i, moddaga oid ilmlar ruhga bevosita ozuqa bo‘la olmaydi, axloqni tuzatmaydi, yuksaltirmaydi. Boshqacha qilib aytganda, moddani o‘rganish va unga taalluqli ilmlar, inson shaxsiyatini shakllantira olmaydi. Har bir natija uchun unga vosita bo‘lgan ilmga muhtoj bo‘linadi. Biri boshqasining o‘rnini bosa olmaydi. Alloh taolo dunyoni shunday yaratgan va buni o‘zgartirish imkonsiz.

Bugungi kunda G‘arb madaniyatining namoyondalari, moddiy ilmlarning yetakchilari haqida tarqalayotgan xabarlar yuqoridagi gapning yorqin dalilidir. Moddiy ilmlar ularni odam qila olmagan. Ilon Mask har chand urinmasin, o‘g‘lini o‘z jinsini o‘zgartirishdan qaytara olmadi. Moddiy ilmi ham, topgan boyligi ham tarbiyada hech narsani hal qilib bermadi. Oldinda ham ko‘plab G‘arb kashfiyotchilari va ixtirochilarining shaxsiy hayoti shu kabi porakanda bo‘lgan. Ularda axloqiy go‘zallik, insoniy fazilatlar topilmagan. Negaki, ular bunday oliy ilmlardan uzoq bo‘lgan. Musulmon ulamolargina ilmning bu ikki qanotini bir xilda jamlay olgan.

Bundan tashqari, Yaponiya, Xitoy, Germaniya kabi mamlakatlarda moddiy taraqqiyot qanchalar yuksaklgan bo‘lmasin, bugun axloqiy tanazzul, oilalar yo‘q bo‘lishi, nasl to‘xtashi kabi muammolarga duch kelmoqda. Ularning ichidagi insoflilar ularni bu buhronlardan faqat ilohiy ta’limot, Islom dini qutqarishini ochiq aytmoqda. Bu haqiqat kundan kunga o‘z tasdiqini topib, yanada ravshanlashib bormqda.

To‘g‘ri, moddiy ilmni ham iymonu ixlos bilan o‘rganib, uni ham ibodatga aylantirish, u bilan shug‘illanishdan ruhga ozuqa olish mumkin. Biroq buning uchun iymon va diniy ilm kerak, busiz ilojsiz.

Bugun biz dunyo tajribasidan kerakli xulosalar olishimiz lozim. Farzandlarimizga moddiy ilmlarni o‘rgatish bilan birga, ma’naviyatni, dinu diyonatni ta’lim berishimiz zarur. Moddiy ilmlar asosan kasb hunar sifatida kerak, ammo ular inson ma’naviyatini shakllantirishga yaramaydi. Ma’naviyatning chin ozuqasi, haqiqiy davosi Alloh yuborgan vahiy ilmidir. Busiz har qanday urinish chala bo‘lishi aniq, ko‘pincha xurofotga qorishib ketadi. Vahiyning so‘ngisi va o‘zgarishsiz saqlangani Qur’onu Sunnatdir. Buyuk allomalarimiz bu borada bizga eng yaxshi namunadir.